O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2024-yil uchun tasdiqlangan ichki audit yillik rejasiga asosan joriy yilning 10-dekabr kunidan boshlab Qo‘mitaning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatini kompleks o‘rganish, amaliy ko‘mak berish va ish faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududiy boshqarmaning faoliyati o‘rganilmoqda.
Shu bilan bir qatorda Qo‘mitaning Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i A.Xakimov tomonidan tizim xodimlari uchun Korrupsiyaga qarshi komplayens mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur davra suhbatida Korrupsiyani kelib chiqishining asosiy sabablari, mexanizmlari va hodisalari, Xalqaro asoslar, vositalar, o‘zaro bog‘liq mavzular, manfaatlar to‘qnashuvi: ta’riflar, misollar, amaliy tadqiqotlar, Inson resurslari va risklarni boshqarish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.