TADBIRKORLARGA TABIIY GAZ BO‘YICHA HISOBLANGAN ASOSSIZ 3,7 MLRD SO‘MGA YAQIN MABLAG‘LAR QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Jizzax viloyatida tog‘-kon hamda avtomobillarga yoqilg‘i quyish faoliyatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari “HUDUDGAZTA’MINOT” AJ va uning “HUDUDGAZ JIZZAX” gaz ta’minoti filiali tomonidan asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan norozi bo‘lib, Qo‘mitaning hududiy boshqarmasiga murojaatlar qoldirgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan…