Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi

Shu kunlarda yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bir martalik pul mukofoti topshirilmoqda. Ularning holidan xabar olinib, mehr-ehtirom ko‘rsatilayotir. Yuz yosh bilan yuzlashib, hayotning barcha achchiq-chuchugini ko‘rgan bu insonlar uchun eng muhimi sog‘lik. Shuning uchun ularning salomatligini mustahkamlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda…

ISTE’MOL BOZORIDA NARXLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH USTIDAN NAZORAT

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doimiy monitoring qilib boriladi. Hozirgi kunda ichki iste’mol bozorlarida aholini asosiy turdagi tovarlar bilan kafolatli ta’minlash, ichki iste’mol bozorida mahsulotlarni ishlab chiqarishdan boshlab, yakuniy iste’molchiga sotish jarayonigacha bo‘lgan zanjirni tahlil qilish…

Yaltiroq qog’ozga mahliyo bo’lib iste’mol tovarini shunchaki sotib olmang!

Tovar haqidagi ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi: – tovarning asosiy xususiyatlari ro‘yxati; – narxi va sotib olish shartlari; – ishlab chiqarilgan sanasi; – ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyati; – tovardan xavfsiz foydalanish qoidalari; – tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati; – ishlab chiqaruvchining guvohnomasi yoki litsenziyasi raqami; – tovarni ta’mirlash (xizmat ko‘rsatish) korxonalarining manzillari; – tovarlarni xavfsiz saqlash qoidalari. Huquqlaringizni…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Hamkorlik to’g’risidagi memorandum

Raqobat qo’mitasi hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Hamkorlikning asosiy yo’nalishlaridan biri Kasbiy faoliyatning turli sohalarida ishlash uchun mutaxassislarni maqsadli tayyorlashga yo’naltirilgan individual maxsus o’quv kurslarini, mehnat bozorida talab qilinadigan, extiyoji yuqori mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturlariga yangiliklar kiritishdan iborat. Uchrashuv davomida raqamli iqtisodiyot sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama…

O‘zbekiston Prezidenti Vengriya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 7-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi. Peter Siyyarto davlatimiz rahbariga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda uchinchi Toshkent investitsiya forumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

7-may kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vengriya elchisi Yojef Roja, Eron Islom Respublikasi elchisi Muhammadali Iskandariy, Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort, O‘mon Sultonligi elchisi Vafo al-Busaidiy, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Muhammad Irqiydan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Davlatimiz rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tayinlov…

DAVLAT XARIDLARI DOIMIY NAZORATDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Davlat xaridlari sohasida muntazam nazorat o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, Qashqadaryo hududiy boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari talablariga rioya qilinishi bo‘yicha o‘z vakolati doirasida 2024-yil yanvar-mart oylari davomida 312 ta lot jami 68,44 mlrd so‘mlik tanlov va tender savdolarida o‘rganish ishlari…

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish…

Temir yo‘l sohasidagi loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizning geografik joylashuvi, rivojlangan sanoati va iqtisodiyotida temir yo‘l transporti muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda O‘zbekiston temir yo‘llari katta rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Zamonaviy infratuzilmaga ega, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlariga mos yaxlit temir yo‘l tizimi barpo etildi. Umuman, mustaqillik davrida 2 ming…