RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI OLIY SUDGA KASSATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIGACHA SOHADAGI ADOLATNI TIKLASHGA ERISHILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “FERRERO S.p.A” va “Soremartec S.A” kompaniyalari murojaat qilib,  ushbu kompaniyalarga tegishli tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “SLADUCE PRODUCE” MCHJ tomonidan bir necha nomdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilib,  realizatsiya qilinayotganligi va ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini so‘ragan.  Ushbu arizani Qo‘mita tomonidan har tomonlama…

SAVOL: Raqamli markirovkalash nimani anglatadi?

FUQARODAN SAVOL: Raqamli markirovkalash nimani anglatadi? JAVOB: Hozirgi vaqtda kontrafakt va qalbakilashtirilgan mahsulotlarning bozorga kirib kelishining oldini olish maqsadida ko‘plab mamlakatlarda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi faol joriy etilmoqda. Raqamli markirovkalash – bu tovar aylanmasini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Har bir mahsulot haqidagi ma’lumotlar elektron bazada saqlanadi, ushbu ma’lumotlarni iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar ham skaner…

ICHKI BOZORLARDA SHAKAR MAHSULOTI UZLUKSIZ YETKAZIB BERISH HOLATI VA NARXLARINING BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib borilmoqda. Ichki bozorda shakarga bo‘lgan ehtiyoj bir yilda o‘rtacha 600 – 650 ming tn.ni tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud. Xususan, bugungi kun holatiga mahalliy shakar zavodlarida 258 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda…

Joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o’tkazildi. Unda Qo’mita tomonidan 2023-yil yakunlari va 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar muhkoma qilindi. Yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar atroflicha ko’rib chiqildi. Qo’mita oldida turgan ustuvor vazifalarni samarali tashkil etish…

Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-aprel kuni transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimizning faol tashqi siyosati tufayli xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. Toshkent ishbilarmonlik va turizm markaziga aylanmoqda. Shu bois transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilayotir. So‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinib, yo‘lovchilarga sharoit yaxshilandi. Xizmat turlari, ro‘yxatdan o‘tkazish va samolyotga chiqish…

To‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni to‘qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. To‘qimachilik barcha hududlarimizda keng tarqalgan va aholini eng ko‘p band qilgan salohiyatli sanoat tarmog‘idir. Bugungi kunda 6 mingdan ziyod korxonada 570 ming kishi ish bilan ta’minlangan. So‘nggi yillarda investitsiyalar va yangi texnologiyalar faol jalb etilgani tufayli sohada…

O‘zbekiston Prezidenti Ko‘rfaz arab davlatlari kengashi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Kengash o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti bo‘yicha vazirlarning ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p…

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” vazirlar muloqotining ikkinchi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Suhayl al-Mazruiy davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayh Muhammad…

O‘zbekiston Prezidenti Bahrayn bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etayotgan Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bahrayn tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Podshoh Hamad bin Iso Al-Xalifaning salomi va eng…