RAQOBAT QO‘MITASI QAROR VA KO‘RSATMALARI QONUNIYLIGI SUD TARTIBIDA O‘Z TASDIG‘INI TOPDI

Qo‘mitaning sudlarda respublikamizning turli hududlarida raqobatni ta’minlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyati misolida Hududiy boshqarma tomonidan “ISSIQLIK MANBAI” DUKning murojaati asosida o‘rganish o‘tkazilib, “HUDUDGAZ NAVOIY” gaz ta’minot filiali tomonidan “ISSIQLIK MANBAI” DUKning Uchquduq filiali suv isitish va issiqlik markazi qozonxonalarida 2024-yil yanvar-mart oylarida tabiiy gaz mahsuloti hisoblash…

“SHAFFOF SEMENT SANOAT” MChJ QKga NISBATAN MANIPULYATSIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UChUN TYEGIShLI TA’SIR ChORASI QO‘LLANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 29-bandiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan. Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida, “SHAFFOF SEMENT SANOAT” MChJ QK tomonidan 2023-yil yanvar-dekabr va 2024-yil yanvar-iyul oylarida 298…

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 2-4-oktyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur kurslarda respublikadagi yirik korxonalar «Universal Mobile Systems» MChJ, «Asaka bank»…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “HAMKORBANK” ATBGA NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Hamkorbank” ATBning onlayn mikroqarz bank xizmati reklama axborotida iste’molchilarni chalg‘ituvchi ma’lumot berilganligi aniqlangan. Xususan, mazkur bank xizmati reklamasida “Onlayn mikroqarz” – “Zudlik bilan pul kerakmi, 50 million so‘m – Hamkor ilovasida onlayn mikroqarz rasmiylashtiring!” mazmunidagi tashqi reklama joylashtirilganligi kuzatilgan. Ushbu axborotga bankning internetdagi rasmiy sahifasi joylashtirilgan ma’lumotlar asosida aniqlik…

Hurmatli fuqarolar!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy organlari va tarkibiy tuzilmalarida: Qo‘mita xodimi tomonidan alohida to‘lov, shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatish talab etib, vakolat doirasiga kiritilgan funksiyalarni bajarish yoki bajarmaslik, shuningdek to‘liq bajarmasligi; bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov, shuningdek muayyan xizmat ko‘rsatishni talab etishi; shaxsiy manfaatni ko‘zlab, alohida to‘lov, shuningdek muayyan xizmat…

Rag‘batlantiruvchi aksiyalar haqida bilasizmi?

Rag‘batlantiruvchi aksiya — reklamada ishtirokchilarni aniq harakatlarga undaydigan tadbir yoki tanlovdir. Ushbu aksiyalar ishtirokchilarning tovarni olish sharti bilan tashkil etiladi. E’lon qilish tartiblari: Aksiya o‘tkazish qoidalari, muddatlari, yutuqlar nomi, miqdori va ularni olish tartibi haqida ma’lumot berilishi shart Aksiya buyurtmachisi va tashkilotchisining nomi, manzili va aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilishi zarur Aksiya tugagandan so‘ng 6 oy mobaynida…

TENDER SAVDOLARIDA  “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI  QONUN TALABLARI BUZILGANLIGI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi Samarqand tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarining O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi  Qonunlar talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Jumladan, Samarqand tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2024-yil 20-sentyabrda “Kan, Rayhon va Gultojixo‘roz gullarini sotib olish uchun” boshlang‘ich narxi 230,0 mln so‘mlik mahsulot sotib olish…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga joriy yilning o‘tgan davrida ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi va xaridlari bo‘yicha 450 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan

Murojaatlar asosan, pudrat tashkilotlari tomonidan qurilish muddatlarini kechiktirib yuborish, qurilish ishlarini sifatsiz bajarish, loyiha hujjatlarida belgilangan ish hajmlari va turlarini to‘liq bajarmaslik, shartnoma va reklamalarda qayd etilgan qurilish materiallari va uskunalari o‘rniga boshqa sifatsiz va arzonlarini ishlatish va o‘rnatish yuzasidan bo‘lmoqda. O‘z navbatida, ushbu murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Iste’molchilar…

MONOPOLIYAGA QARSHI KOMPLAYENS FAOLIYATIGA MAS’UL XODIMLAR UCHUN O‘QUV KURSLARINING NAVBATDAGI DASTURI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 24-26-sentyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kurslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur kurslarda respublikadagi yirik korxonalar «O‘zbektelekom» AK, «Uzbekistan helicopters» MCHJ, «Tashqi…

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy jihatlari

Har bir fuqaro tovar yoki xizmat xarid qilganda iste’molchi huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni iste’molchi manfaatlaringiz himoyalanishini ta’minlaydi. Quyidagi asosiy qoidalarni bilib olish muhim! Iste’molchilarning asosiy huquqlari: 1. Ma’lumot olish Iste’molchi tovar yoki xizmat haqida to‘liq va haqqoniy ma’lumot olish huquqiga ega (4-modda) 2. Tovar va xizmatlarning xavfsizligi Mahsulotlar va…