O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayonni tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Ikki mamlakat yetakchilari butun musulmon olami…