Namanganda uchta elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

25-mart kuni Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda 1,6 gigavattli 9 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari tarmoqqa ulandi. Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 183 megavattli 6 ta gidro elektr stansiyasi ishga tushirildi.…

Investitsiyalar asosi – O‘zbekistonga bo‘lgan ishonch

Mamlakatimizning barcha hududlarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, yana sarmoyalar kirib kelmoqda. Bunga asos – yangi O‘zbekistonga bo‘lgan ishonch. Namangan viloyatida ham umumiy qiymati 4 milliard dollarlik 47 loyiha shakllantirilgan. Shundan 2 milliard 300 million dollarlik 17 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi. Ularga Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Fransiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Niderlandiya, Eron, Pokiston kabi…

Sanoat korxonasining mahsulot va loyihalari bilan tanishildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan tumanidagi “Nam Motor Servis” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. To‘rt gektardan ortiq hududda joylashgan ushbu investitsion loyihaning dastlabki bosqichi 2021-yilda ishga tushirilgan. Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi. Natijada yiliga o‘n ming dona elektr dvigatel, ikki ming dona suv nasosi ishlab chiqarish quvvati yaratildi. Yuz kishi ish bilan ta’minlandi. Korxona mahsulotlari energiya tejamkorlik klassining…

Mahalladagi “o‘sish nuqtasi” sanoat zonasiga aylandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Qumtepa” yoshlar kichik sanoat zonasida bo‘ldi. Mahallalarda shakllangan kasb-hunarlarni rivojlantirib, drayverga aylantirish, shu orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Uychi tumanidagi Qumtepa, Dehqon, Balandariq va Jiydakapa mahallalarida temirchilik shunday yo‘nalish. 2021-yilda bu yerda temirchilikka ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilib, xonadonlardagi usta-hunarmandlarga zarur sharoitlar yaratib…

Zargarlik sanoat darajasida rivojlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-mart kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasini borib ko‘rdi. U yiliga 1 ming 200 kilogramm zargarlik buyumlarini sanoat usulida ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yurtimiz zargarligi qadimdan mashhur. Jumladan, Namanganda ham “qo‘li gul” hunarmand sulolalar bo‘lgan. Lekin yetarli sharoit bo‘lmagani, xomashyo sotib olishdagi qiyinchiliklar sababli…

Prezident Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi Tashrif dasturidan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni ko‘zdan kechirish va yirik energetika obyektlari qurilishiga start berish, mahallalar hayoti bilan tanishish o‘rin olgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab berilishi va iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.

SAVOL: Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari qanday?

FUQARODAN SAVOL: Iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari qanday? JAVOB: Nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli: tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov ishchi guruh tarkibidagi tijorat banki bilan birgalikda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 7 ta asosiy topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov ishchi guruh tarkibidagi tijorat banki bilan birgalikda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 7 ta asosiy topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Chust tumanining Pansada va Yorqishloq mahallalarida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlik salohiyati va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aholining…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda unga va do‘st Rossiya xalqiga Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila a’zolariga bardamlik, jarohatlanganlarga…

Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga hamdardlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga chuqur ta’ziya yo‘lladi. Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi hamda mazkur jinoyat tashkilotchilari va ijrochilariga jazo muqarrarligi ta’minlanishiga ishonch bildirilgan. Davlatimiz rahbari…