PAXTA TO‘QIMACHILIK VA YOG‘-MOY KLASTYERLARI TOMONIDAN 20 MLRD SO‘M ASOSSIZ DAROMADLAR OLINGANLIGI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning I yarim yilligi davomida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borildi. Respublika bo‘ylab, jumladan, Andijon (“BEST TEXTILE INTERNATIONAL” MChJ), Buxoro (“QORAKO‘L…

TENDER SAVDOLARIDA “RAQOBAT TО‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARI BUZILGANLIGI ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qо‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida http://etender.uzex.uz maxsus axborot portal  ma’lumotlaridan foydalangan holda о‘tkazilayotgan davlat xaridlarini “Raqobat tо‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari tо‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring ishlari davom etib kelmoqda. Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan о‘rganishlar davomida, “TOSHKENT GIDROELEKTRSTANSIYALARI KASKADI” unitar korxonasi tomonidan…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori bilan:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda: 🔘iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishining vakolatli davlat organi tomonidan ish qo‘zg‘atmasdan ko‘rib chiqilib, ko‘rsatma beriladigan ayrim holatlari; 🔘davlat yordamini berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan majburiy tartibda kelishilishi;…

«Yagona maqsadimiz birgalikda iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish»

Qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlari bilan ochiq tarzda muloqot uchrashuvi o‘tkazdi. Uchrashuv doirasidagi muhokamalarda, bugungi kunda eng asosiy dolzarb masalalardan biri bo‘lgan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ushbu sohada Qonun ustuvorligini hisobga olgan holda mamlakatimizda ichki iste’mol va…

FOYDALANILMAGAN ICHIMLIK SUVIGA 2 MLN SO‘MDAN OSHIQ QARZDORLIK HISOBLANGAN…

“Toshkent shahrining Yashnobod tumanidan yangi turar joy xarid qilganmiz. Qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetmagan, oshxona, hammom va xojatxona uchun faqat xona devorlari bor xolos, yashash uchun sharoit yo’qligi sabab bu yerda istiqomat qilmadik va suvdan foydalanmaganmiz. Ammo xonadonimizga ichimlik suvi uchun 2 mln 184 ming so’m qarzdorlik yozilibdi…” A.R. Toshkent shahar Ekspert: Axror AXMEDOV, Raqobat qo‘mitasi bosh…

RAQOBATGA QARSHI KELISHUVLARNING OLDINI OLISH: O‘ZBEKISTON VA XORIJDA

Ma’lumki, iste’molchilar uchun raqobatning foydali jihati — bu arzon narxlar, sifatli tovar, ish va xizmatdir. Buning uchun tovar yoki moliya bozorida raqobatchilar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, narxlar, tovar, ish va xizmatlarda raqobat ham jadal bo‘ladi. Bugungi kunda xalqaro atamashunoslikda raqobatga qarshi kelishuv yoki muvofiqlashtirilgan harakatlar “kartel” tushunchasida ifodalanadi. “Kartel” lotincha “charta” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “qog‘oz”, italyanchada “karta”,…

“INSON” AJ SUG‘URTA TASHKILOTIGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha haydovchilar soni “CHEKLANMAGAN” holda foydalanish sharti bilan “INSON” AJ sug‘urta tashkiloti tomonidan rasmiylashtirilgan elektron sug‘urta polislari bo‘yicha transport vositasi egasining yaqin qarindoshlarining javobgarligi uchun sug‘urta tovoni to‘lab berilmayotganligi aniqlangan. Barchaga ma’lumki, amaliyotda…

“BAHOUDDIN NAQSHBAND” YODGORLIK MAJMUASIGA HISOBLANGAN QO‘SHIMCHA TO‘LOV YUZASIDAN “BUXORO HUDUDIY ELYEKTR TARMOQLARI KORXONASI” AJGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

“Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga murojaati kelib tushgan. Murojaatda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 364-sonli qarorining 3-bandi (Vazirlar Mahkamasining 10.09.2003-yildagi 525-f-sonli Farmoyishi 1-bandi)da…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Farg‘ona viloyatida mazkur sohadagi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq formatda uchrashuv o‘tkazdi

Andijon viloyatidagi «Shangfeng-bridge of friendship» MChJ tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotganligi va buning oqibatida qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolayotganligi yuzasidan boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan Qo‘mitaga murojaat qilingan edi. Ushbu holatni atroflicha o‘rganish va mavjud vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Farg‘ona…

QASHQADARYO, SAMARQAND VA NAVOIY VILOYATLARIDA QURUVCHI TASHKILOTLARGA TO‘LANGAN TO‘LOVLAR FUQAROLAR FOYDASIGA QAYTARILDI

Raqobat qo‘mitasi respublikamiz miqyosida iste’molchilarning uy-joy va qurilish sohasidagi murojaatlarini muntazam ravishda hal etish ishlarini olib bormoqda. Jumladan, Samarqand viloyati misolida fuqarolar va “AGROMIR BUILDINGS” MCHJ o‘rtasida ko‘p qavatli uylarni xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar bekor qilindi hamda to‘langan jami 387 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilarga korxona tomonidan qaytarilishiga erishildi. Qashqadaryo viloyati misolida Qamashi…