Qishloq xo‘jaligi sohasidagi takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, yerlardan samarali foydalanish va sohani ilmiy rivojlantirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda 3 million gektar yaylov va ekin yerlari degradatsiyaga uchragan, 2 million gektarga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Xorijiy ekspertlar iqlim o‘zgarishi sababli 2030-yilga borib, mintaqamizda suv resurslari qariyb 6 foizga qisqarishini aytmoqda. Buning…

Charm va ipak sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-may kuni charm va ipak sanoatini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda ko‘plab yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tez fursatda ish o‘rni va eksportbop mahsulot yaratadigan, yuqori daromad keltiradigan kichik va o‘rta korxonalar ham kerak. Bu borada eng katta imkoniyat mahalliy sanoat tarmoqlarida.…

Rasmiy munosabat

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Media24.uz” ning  “Telegram” rasmiy kanalida 2023 yil 29 aprel kuni “Sport” telekanalida joylashtirilgan “TBC” bank reklamasiga oid e’tirozi (https://t.me/media24uz/2380) yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, har qanday reklama vositalaridan foydalangan holda tarqatiladigan, mazmuni O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan reklamadan foydalanuvchilarga qaratilgan va reklama…

SAVOL: Mahsulotning yorlig‘ida GOST nimani anglatadi?

FUQARODAN SAVOL: – Mahsulotning yorlig‘ida GOST nimani anglatadi? JAVOB O‘z DSt (GOST) – O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti so‘zlarining bosh harflaridan olingan qisqartma hisoblanadi. Tegishli “DSt”lar ayrim sohalarda faoliyatning muayyan sohalariga ixtisoslashgan turli tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan davlat standartlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan…

O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Gvineya-Bisau Prezidenti…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

8-may kuni Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

INSON QADRI AZIZ, XOTIRA MUQADDAS

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridandir. 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov Qo‘mita tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, ustozlik qilib kelayotgan faxriy xodimlarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, Qo‘mita faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurilib, nuroniy faxriylarimiz bilan dildan suhbat qilindi hamda esdalik sovg‘alari…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. “Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Aziz vatandoshlar, muhtaram faxriylar! Bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli butun xalqimizni samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. Ushbu qutlug‘ kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushda jasorat ko‘rsatib, bashariyatni fashizm balosidan…

Vatan fidoyilari xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh g‘oyasini tashkil etadi. Bu jihatlar Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan va xalq ozodligi yo‘lida mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib,…