500 ta yangi ish o‘rni va 100 foiz eksport

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida “Xiva klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakatimizda xomashyoni chuqur qayta ishlab, qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, agrosanoatda klasterlar tomonidan zamonaviy korxonalar qurilib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kengaymoqda. “Xiva klaster” ham Xiva tumanida shunday fabrika tashkil etdi.  Turkiya, Germaniya va Xitoydan ilg‘or uskunalar…

Prezident: Bu ko‘prik o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi og‘zibirlik va hamkorlik ko‘prigidir

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumaniga borib, yangi ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu ulkan iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega strategik inshootdir. Prezidentimiz bu haqdagi tashabbusni 2020-yil 13-dekabr kuni Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda ilgari surgan edi. Shundan so‘ng puxta loyiha ishlab chiqilib, katta bunyodkorlik…

JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOTLAR DAVOM ETMOQDA

Joriy yilning 28-fevral kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i J.Ismoilov va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda Qo‘mita ochiqligini ta’minlash yuzasidan e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ko‘lamini…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali https://www.facebook.com/groups/Potrebitel.Uz/posts/7916630291697576/ “MAKRO” supermarketi faoliyatidan noroziligi bildirilgan fuqaroning posti qoldirgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘rganishlar davomida, Toshkent shahrida joylashgan “MAKRO” supermarketidan fuqaro E.S. 211 ming 490 so‘mlik mahsulot xarid qilgani, ammo kassir xodim tomonidan 10 foizli chegirma urilmaganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra…

EHTIMOLIY TEST SAVOLLARI

EHTIMOLIY TEST SAVOLLARI Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi? Moliyaviy piramidaning asosiy belgisi qaysilar? Anvar milliy valyutada 1 yil muddatga bank omonatini tanladi. U 100 ming so‘m miqdorida bank omonatidan oylik daromad olishni xohlaydi. Agar oylik foizli omonat bo‘yicha foiz stavkasi 20% bo‘lsa, omonat miqdori qancha bo‘lishi kerak?

“Yashil” energetika ham iqtisodiyot drayverlaridan biriga, ham chinakam umummilliy harakatga aylanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda quyosh va shamol energiyasi salohiyati elektrga bo‘lgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortig‘i bilan qoplashga yetadi. Lekin shunday ulkan imkoniyat ancha yillar davomida ishga solinmagan edi. So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan bu sohaga katta e’tibor qaratilib, huquqiy zamin…

Ochiq muloqot

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo’yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag’ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi. Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan…

AHOLIGA SIFATSIZ BENZIN MAHSULOTLARINI SOTGAN 7 TA AYOQSHLARGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “O‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish yurituvchi “RAFS” SIChK, “RUXSHONA HAMID” MChJ, “SUVINSHOATGAZQURILISH” XK, “IMKON-XAMKOR” XK, “РУСЛАН” FX, “TO‘RTKO‘LLI BUNYOD OIL” MChJ hamda “GULNORA GAZ SERVIS” MChJlarga qarashli AYoQShlarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu yonilg‘i…

JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN OCHIQ MULOQOT OʻTKAZILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik bilan ochiq muloqot o‘takazildi. Unda Qo‘mita rais maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. Q.Yuldashev va boshqa tegishli tashkilot vakillari hamda 10 ga yaqin ommaviy axborot vositalari, blogerlar ishtirok etishdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslardan 20 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Ochiq…

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027-yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e’lon qilinadi

26-fevral kuni Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan «2027-yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili» rezolyutsiyasi bir ovozdan ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a’zo mamlakat hammualliflik qildi. Hujjat matnini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlarda Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya,…