Turizm infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Dunyoda iqtisodiy vaziyat qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko‘proq ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu sohaga yo‘naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir…