ISTE’MOLCHI HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro M.S “OFTOB MEDLINE” MCHJ tomonidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan norozi bo‘lib qoldirgan murojaati o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatida fuqaro farzandini 2023-yil 23-fevralda “OFTOB MEDLINE” MCHJga qarashli klinikada o‘ng oyoq qismida (endoprotez) jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi, biroq ushbu jarrohlik amaliyoti yaxshi o‘tkazilmaganligi sababli, farzandini salomatligi…