Rasmiy munosabat

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “Marwin Brands” MChJ bosh texnologi Shermuxammad Xolmuxamedov korxonada ishlab chiqarilayotgan sharbatlar, ularning turlari, partiyalari va saqlash sharoitlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, korxona tomonidan bozorga taqdim etilayotgan iste’molga yaroqsiz mahsulotlar mavjud emasligini o‘z rasmiy munosabatini video orqali bildirdi.

MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI

“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi: 1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda “Kelajak o‘yinlari” xalqaro multisport musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etdi. Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari”ning ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. “Qozon Ekspo” xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon va boshqa xorijiy mehmonlar ham qatnashdi. Ishtirokchilar e’tiboriga…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar

21-fevral kuni Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya Prezidentini sportning an’аnaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, o‘tgan yil 5-7-oktabr kunlari Moskva…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozon shahriga keldi. Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Tatariston Bosh vaziri Aleksey Pesoshin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi. So‘ng yetakchilar 21-fevral – 3-mart kunlari Qozonda o‘tkaziladigan “Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi. Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Unda 2023-yil 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik…

Ijtimoiy himoyaning yangi tizimi inson qadrini ta’minlashga xizmat qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-fevral kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 1-moddasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilangan. Shunga muvofiq, 2023-yil 1-iyunda aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish bo‘yicha farmon qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. O‘tgan vaqt mobaynida o‘ndan ortiq davlatning…

BENZIN SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi “O‘ZENERGOINSPEKSIYA” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida joylarda AI-92 va AI-95 markali yoqilg‘i mahsulotlarining sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlarini o‘tkazdi. Xususan, Samarqand tumanida joylashgan “KUTFI-BOBO” MChJ hamda Toyloq tumanidagi “BOG‘IZAG‘ON ABDUGAFFOR” MChJ ga qarashli…