QO‘MITA MUTAXASSISLARI QOZOG‘ISTONDA XALQARO KONFERENSIYADA ISHTIROK ETMOQDALAR

Joriy yilning 16-18-iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida AQShning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamkorligida tashkillashtirilgan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar. Uchrashuvda soha mutaxassislari kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shni respublikalar ekspertlari bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashmoqdalar.

SIRDARYO VILOYATI AVTOMOBIL YO‘LLARI BOSHQARMASI TIZIM TASHKILOTLARI AMALGA OSHIRGAN BOSHLANG‘ICH QIYMATI 37 MLRD SO‘MDAN ORTIQ BO‘LGAN DAVLAT XARIDLARIDA QONUNBUZILISH HOLATLARI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosi yuzasidan joriy yilning mart-iyul oylarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida mazkur boshqarmaning tizim tashkilotlari: Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlarida joylashgan unitar korxonalari…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i (“Anglesey Food” MChJ XK) tomonidan joylashtirilgan…

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i (“Anglesey Food” MChJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilgan edi. (https://t.me/RaqobatGovUz/8955) Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mitaning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasi tomonidan qo‘zg‘atilgan ishda “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i…

Mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi

Birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga o‘sdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4489) Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda o‘zimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi. Shu bois mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil…

“JIZZAX SEMENT PLANT” MCHJ FOYDASIGA 900 mln SO‘MGA YAQIN MABLAG‘ QAYTA HISOB-KITOB QILINISHI TA’MINLANDI

Raqobat qo‘mitasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga “Jizzax sement plant” MChJning o‘ziga nisbatan gaz ta’minot korxonasi tomonidan tabiiy gaz yetkazib berishda tariflarning noto‘g‘ri qo‘llanilgani yuzasidan murojaati kelib tushgan. O‘rganishlar davomida mazkur murojaatda keltirilgan holatda amaldagi qonunchilik talabiga zid ravishda cheklangan tariflar noto‘g‘ri qo‘llanilgani oqibatida MChJga  853 mln 200 ming 600 so‘m qarzdorlik hisoblangani aniqlandi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi…

TYENDYER SAVDOLARIDA “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARI BUZILGANLIGI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan http://etender.uzex.uz maxsus axborot portal ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘tkazilayotgan davlat xaridlarini “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring ishlari olib borilmoqda. Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida “TOSHKENT GIDROELEKTRSTANSIYALARI KASKADI” unitar korxonasi tomonidan maxsus axborot portaliga 4-GES hududida joylashgan OTQ-35kVni boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha…

2023-yil dekabr oyida Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy…

2023-yil dekabr oyida Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining VII yig‘ilishi tadbirlari doirasida 2023-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan Turkiya Raqobat organi o‘rtasida raqobat siyosati sohasida o‘zaro anglashuv hamda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Mazkur memorandum doirasida raqobat…

“TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AKSIYADORLIK JAMIYATIGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “UZCARLSBERG” MChJning “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ xizmatidan norozi bo‘lib qilgan murojaati vakolat doirasida o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida “TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI” AJ va “UZCARLSBERG” MCHJ o‘rtasida “Chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqirish to‘g‘risida”gi kommunal-ekologik normativ hujjat rasmiylashtirilgan. Unga…

“ANGLESEY FOOD” MCHJ (“KORZINKA” NOMLI SUPERMARKETLAR TARMOG‘I)GA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx – Korzinkada”, “…Eng unumlisiga keling!” degan reklamasida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilganligi kuzatilmoqda. Mazkur reklama axborotida qayd etilgan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat…

Ijtimoiy tarmoqlar orqali, temir yo‘llar sohasida “San’atkorlarga yo‘lovchi poyezd chiptalari aldab sotilgani va undagi xizmatdan norozilik bildirilgan”

Ijtimoiy tarmoqlar orqali, temir yo‘llar sohasida  “San’atkorlarga yo‘lovchi poyezd chiptalari aldab sotilgani va undagi xizmatdan norozilik bildirilgan”  ko‘rinishdagi materiallar tarqalib, keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda. Ta’kidlab o‘tish joizki, bundan avval ham ijtimoiy tarmoqlar orqali shu ko‘rinishdagi tanqidiy materiallar e’lon qilingan edi va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu holatlarni o‘rganish va aniqlik kiritish…