O‘zbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
27-iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BYD” kompaniyasi prezidenti Van Chuanfuni qabul qildi. Jizzaxda gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun zavoddan birinchi elektromobil chiqdi. Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 160 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi, 1,2 mingta ish o‘rni…