Xorijiy yetakchilardan Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar

Ko‘p millatli xalqimizning ona yurt va tabiatga mehr-muhabbat va g‘amxo‘rlik, ezgulik va bag‘rikenglik, bunyodkorlikka intilib, do‘stlik va totuvlikda yashash, tinchlik va farovonlikning qadriga yetish kabi oliyjanob qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan qadimiy bayram – Navro‘zi olam munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblaridan samimiy tabriklar kelmoqda. Xorijiy…

Yangi kun, yangi mavsum, yangi hayot nafasi

Shu kunlarda mamlakatimiz go‘yoki ulkan sayilgohga aylangan. Shaharu qishloqlarda odamlar Navro‘zni shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. Bu yil bahor seryog‘in keldi. Bugun ham yurtimizda obi rahmat yomg‘irlari yog‘moqda. Bunday chog‘larda ota-bobolarimiz yil yaxshi kelishini aytib, dehqonchilikka qut-baraka, elga mo‘l rizq tilashgan. Shu bois asosiy bayram tantanasi “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, aziz va muhtaram vatandoshlar! Uzoq-yaqindan tashrif buyurgan hurmatli mehmonlar! Siz, qadrdonlarimni, ko‘pmillatli butun O‘zbekiston xalqini barchamiz sog‘inib kutgan Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etishdan baxtiyorman. Bugun fasllar almashib, yeru ko‘kda ilohiy mo‘jizalar yuz bermoqda. Yangi kun, yangi mavsum, yangi hayot nafasi boshlanmoqda. Tabiat uyg‘onishi bilan zimiston kechalardan zerikkan ko‘ngillar yasharib-yayramoqda. Albatta, bugungi shodiyona…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali “Raqobat to‘g‘risidagi qonunlar ishlamayaptimi?” sarlavhasi ostida murojaat qoldirilgan. Mazkur murojaatda Respublika Agrokimyoviy tahlil markazi (buyurtmachi) tomonidan 14.12.2023 yil etender.uzex.uz elektron tizimida lot orqali markaz va uning hududiy markazlari uchun portatip laboratoriya jihozi, plamenniy fotometr, vetijnoy shkaf, bidistitlyator, spektofotometrlar xaridi uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishda ikkita ishtirokchi qatnashganligi va bu ikkala firma…

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar

2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida Bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlanishi belgilandi. Konstitutsiyaning 95-moddasiga asosan esa, respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga o‘tkazildi. Shu bilan birga, qariyb yigirma…

O‘zbekiston Qahramoni Zayniddin Nizomxo‘jayev faxriy unvon bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda milliy saylov tizimini umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, yuksak salohiyatli kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni…

Prezident “Muruvvat” uyidagi bolalar holidan xabar oldi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyini borib ko‘rdi. O‘zbekiston – ijtimoiy davlat. Bu xalqimizning azaliy qadriyatlariga, bugungi insonni qadrlash tamoyiliga mos. So‘nggi besh yilda “Muruvvat” uylariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 3 barobardan ziyod oshgan. Ulardagi xodimlar va o‘rinlar soni ham ko‘paytirilgan. Aholiga sifatli xizmat va yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tgan…

Dilbuloq mahallasida Navro‘z shukuhi

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga bu yilgi Navro‘z yanada ko‘tarinkilik bilan keldi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy mahalla idorasi qurildi. Ko‘p qavatli uylar yo‘lagi va ichki ko‘chalar, yerto‘lalar ta’mirlandi. Anhor bo‘yi tartibga keltirilib, obod sayilgohga aylantirildi. Ishkomlar, nihollar, piyodalar yo‘laklari mahallaga ko‘rk bag‘ishladi. O‘tgan yili kuzda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 4 ming tup daraxt…

E‘LON!

2024-yil 20-mart kuni soat 12:00 da АOKА binosida matbuot anjumani boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar» Tadbirda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi rahbariyati va mutasaddilari ishtirok etishadi. OАV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz. Аnjuman «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari…

Yo‘lovchi vagonlari va sohadagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda temir yo‘l transporti rivojlanib, qatnovlar soni ko‘paymoqda. Bu vagonlarga bo‘lgan talabni ham oshiradi. Mazkur zavodda 16 turdagi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqariladi va ta’mirlanadi. O‘tgan yili korxonada 32 ta yo‘lovchi vagoni tayyorlanib, 319 tasi ta’mirlangan. Muhimi, kooperatsiya orqali ehtiyot qismlarning 70 foizi mahalliylashtirilgan.…