Yoshlar bog‘iga ilk ko‘chatlar ekildi

Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Sergeli tumanida tashkil etilayotgan Yoshlar bog‘iga ko‘chat o‘tqazdi. Ma’lumki, Prezident tashabbusi bilan 2021-yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Jumladan, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Toshkentning “yashil belbog‘i” tashkil etilmoqda. Yoshlar bog‘i shu halqaning muhim bo‘g‘ini bo‘ladi. Davlatimiz rahbariga bog‘ loyihasi haqida axborot berildi. Uning maydoni 75 gektardan ziyod bo‘lib, hududi jihatidan…

Prezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Toshkent shahridagi Quyuv-mexanika zavodiga tashrif buyurdi. Qariyb 40 gektar maydonli bu zavod bir paytlar to‘liq ishlamay, past rentabelli bo‘lib qolgan edi. Shu bois “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga o‘tkazilib, 2013-yilda modernizatsiya qilindi. So‘nggi yillarda mahalliylashtirish jadal kengayib, uning iqtisodiy samaradorligi yanada oshdi. Bugun majmua yiliga 1 ming 200 ta…

Qishloq xo‘jaligida eksportni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-mart kuni qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘tgan yili yurtimizda 23 million tonna meva-sabzavot yetishtirilib, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buncha mahsulotda 5 milliard dollarlik eksport qilish mumkin edi. Lekin vazirlar va hokimlar…

Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bu agentlik o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shunga muvofiq, tuproq, o‘g‘itlar va  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibini tahlil qiladi, zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashib, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirilishini ta’minlaydi.…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni ushbu mamlakat prezidentligiga saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari rossiyaliklar amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini yana…

Rasmiy munosabat

“Toshkent haqiqati” gazetasida dorixonalarda sotilayotgan dorilarning narxlarida katta farq borligi, dorilar belgilangan narxdan yuqori ustama qo‘yilgan holda sotilayotgani haqida bildirilgan fikr yuzasidan  O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2019 yildagi PQ-4554-son qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan boshlab tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarining referent narxlari…

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda muhim bir qadam

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun 15-fevral kuni qabul qilingan. Bu Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishda muhim bir qadam bo‘ldi. Qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda  aholi o‘rtasida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan  “HUMO AIR” mijozlarni sarson qilmoqda, pullar qaytarilmayapti…» mavzuida fuqarolar o‘z e’tirozlarini bildirib  o‘z murojaatlarini qoldirishgan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum  qiladi. Ushbu holat Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilganda,   haqiqatan ham “HUMO AIR” MChJ tomonidan 2024 yilda 284 ta avia…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 15 -17 mart kunlari Farg‘ona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog’liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o’tkazildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 15 -17 mart kunlari Farg‘ona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog’liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o’tkazildi. Ushbu o’rganishlar Qo‘mita raisi o‘rinbosari F. Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bevosita Farg‘ona viloyatining Rishton, O’zbekiston va Dang‘ara tumanlarida o‘tkazildi.…

“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiyasi o’z nihoyasiga yetdi

“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiyasi o’z nihoyasiga yetdi. Anjuman qizg‘in ma’ruzalarga boy bo‘ldi. Tadbirga Germaniya, Belgiya va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda xalqaro tajriba va sohani rivojlantirishda O‘zbekiston uchun asosiy tavsiyalarga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, anjumada Osiyo taraqqiyot banki, Markaziy bank, O’zbekiston Marketing…