Ijtimoiy tarmoqlar orqali “TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” AJ tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 8,2 mlrd so‘mlik tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy murojaatlar qoldirilgan

Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tahlillarga ko‘ra, mazkur tanlov savdolarini o‘tkazishda “TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi alomatlari aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda “TOSHSHAHARTRANSXIZMAT” AJda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz. Ish belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

“NAMANGAN SUV TA’MINOTI” AJga NISBATAN DAVLAT XARIDLARIDA QONUNBUZILISHI YUZASIDAN TEGISHLI CHORA QO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi “Namangan suv ta’minoti” AJ tomonidan 2023-2024-yillarda amalga oshirilgan davlat xaridlari yuzasidan o‘rganish va tahlillar olib borildi. Jumladan, Namangan viloyat prokuraturasining topshirig‘iga ko‘ra, “Namangan suv ta’minoti” AJ buyurtmachiligida 2023-yil davomida hamda 2024-yil 16-iyun kuniga qadar jami 167 ta lot bo‘yicha boshlang‘ich narxi 4,9 mlrd so‘mga yaqin amalga oshirilgan davlat xaridlari…

QASHQADARYODA 2 TA PAXTA TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI TOMONIDAN 3 MLRD SO‘MDAN ORTIQ ASOSSIZ DAROMADLAR OLINGANLIGI ANIQLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi klasterlar tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “CHIROQCHI-KLASTER” MCHJ va “KITOB IP YIGIRUV” AJlar tomonidan quyidagi holatlar:…

Issiqlik ta’minotiga ulangan iste’molchilarga belgilangan ta’riflarda issiqlik energiyasini yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan issiqlik ta’minotiga ulangan iste’molchilarga belgilangan ta’riflarda issiqlik energiyasini yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi. Jumladan, Qo‘mitaning Namangan viloyati misolida “Issiqlik manbai” ICH DUK tomonidan 2023-2024-yil isitish mavsumida 2023-yil 15-noyabr kunidan 2024-yil 15-mart kuniga qadar xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Xizmat davomida…

QASHQADARYO VILOYATI KO‘KDALA TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN TENDER SAVDOLARI BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi amalga oshirgan tanlov savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2 ta 110 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan quyosh stansiyasini xarid qilish va o‘rnatish bo‘yicha tender savdolariga taqdim…

AKFA UNIVERSITETIGA QONUN BUZILISH HOLATINI BARTARAF ETISH BO‘YICHA KO‘RSATMA BERILDI

Raqobat qo‘mitasiga AKFA universitetining “Commercial Law” (Tijorat huquqi) yo‘nalishida bir yil o‘qigan va keyingi yildan ushbu yo‘nalishda o‘qish to‘xtatib qo‘yilganligi, to‘langan pullar qaytarib berilmayotganligi to‘g‘risida 10 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlar bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2022-yil 10-yanvarda turli OAVda AKFA universitetiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligi to‘g‘risida reklama axborotlari joylashtirilgan hamda reklamalarda…

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz”  shiori ostida

Qo‘mita markaziy apparati va Qo‘mita huzuridagi “Raqamli texnologiyalar va autsorsing markazi” DUK hamda Raqobat va iste’molchilar siyosati tadqiqotlari markazi xodimlari ishtirokida bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbir avvalida Qo‘mita rahbariyati barchani bayram bilan tabrikladi.

QO‘MITA KO‘RSATMASI BILAN ISSIQLIK MANBAI TOMONIDAN 4 MLRD SO‘MDAN ORTIQ ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK BEKOR QILINDI

Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga tushgan murojaatlar asosida Farg‘ona viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat boshqarmasi bilan hamkorlikda maishiy iste’molchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi hamda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlarda isitish mavsumi davomida ko‘p qavatli uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib beruvchi markaziy tarmoqlarning isitish qozonxonalarida avariya holatlari (ta’minot uzilishi) sodir bo‘lgan vaqtlarda…

AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARI BILAN TA’MINLASH HOLATI SAMARQAND VA QASHQADARYO VILOYATLARI MISOLIDA

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi. Samarqand viloyati Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialining iste’molchilarga gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga…

REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN “UNIVERSALBANK” ATBga NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Universalbank” ATB tomonidan e’lon qilingan “Sarmoya 25” nomli omonat turi reklamasida ushbu omonat turi bo‘yicha yillik foiz stavkasi 25 foizni tashkil etishi haqida axborot berilganligi kuzatildi. Mazkur reklama bo‘yicha bankning rasmiy veb-sayti o‘rganilganda, bank tomonidan taklif etilayotgan “Sarmoya–25” omonatning shartlariga ko‘ra, omonatning muddati 18 oy bo‘lib, yillik foiz stavkasi…