O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarga asosan belgilangan tartibda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2024 yil-undefined 24 sentyabr-undefinedda “Transportni boshqarishning intellektual tizimi uchun texnik jihozlarni sotib olish” bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu tenderda ishtirok etish uchun 6 ta talabgorlar tomonidan taklif hujjatlari taqdim qilingan va “Xiamen Magnetic North Technology Co. Ltd” 33,6 mlrd. so‘mlik taklif narxi bilan g‘olib deb topilgan.
O‘rganishlar davomida mazkur tenderda “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinmaganlik alomatlari aniqlanganligi sababli tekshirish yakuniga qadar, tenderda g‘olib deb topilgan tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma ikki tashkilotning o‘zaro kelishuviga asosan bekor kilindi va qonunbuzilish holati oldi olindi.