Zomin – xalqaro maqom anjumani mezboni

Jizzax viloyatining Zomin tumanida 27-iyun kuni II Xalqaro maqom san’ati anjumani tantanali ravishda ochildi. Bu anjuman davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va birinchi festival 2018 yil Shahrisabzda o‘tkazilgan edi. Keyinchalik pandemiya tufayli kechiktirilgan san’at qurultoyi bu yil yangicha ruh va shukuh bilan qaytdi. Tantanali ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, maqom san’atining tarixi…

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan yurtimiz taraqqiyotini yuksaltirish, jonajon Vatanimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli…

Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtimizga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari…

Joriy yilning 26-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Namangan viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Joriy yilning 26-iyun kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Namangan viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Pop tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosari ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi, shuningdek tumandagi tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan yuridik shaxslar bilan joyida o‘rganishlar o‘tkazildi. Mazkur qabul davomida jismoniy…

Zomin texnoparkida ilk investitsiya loyihalari qurilishi boshlandi

Mamlakatimizning barcha hududlarida iqtisodiyot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan korxonalar barpo etilmoqda. Bu yangi ish o‘rinlari ochilishi, sanoat tarmoqlari rivojlanishi, pirovardida, xalqimiz farovonligi oshishiga xizmat qilayapti. Jumladan, Jizzax viloyatida so‘nggi besh yilda qayta ishlash sanoati hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, o‘tgan yilning o‘zida 19 trillion so‘mni tashkil qilgan. Eksport hajmi 2,2 barobarga oshib, 202 million dollarga yetgan.…

O‘zbekiston Prezidenti “BYD” kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

27-iyun kuni Jizzax viloyatiga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BYD” kompaniyasi prezidenti Van Chuanfuni qabul qildi. Jizzaxda gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugun zavoddan birinchi elektromobil chiqdi. Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 160 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritildi, 1,2 mingta ish o‘rni…

27-IYUN – MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bayram munosabati bilan Qo‘mita va uning hududiy organlari Jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. Shuningdek, raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishidagi yangi loyihalar, tahliliy va huquqiy mavzudagi turkum ko‘rsatuv va eshittirishlar orqali Raqobat qo‘mitasi faoliyatini yoritishda ijodiy hamkorlik qilib…

Jizzaxdagi BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqdi

Jizzax viloyatidagi “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasida ilk elektromobillar ishlab chiqarila boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni ushbu innovatsion zavodni kelib ko‘rdi. Bu mamlakatimiz avtosanoatida yangi bosqich, ulkan tarixiy voqea. Mazkur zavod shu yil yanvarda davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida faoliyat boshlagan edi. Bu qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, yiliga 50 ming…

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli do‘stlar! Avvalambor, o‘z iste’dodi va mahorati, fidokorona mehnati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, milliy jurnalistikamiz jonkuyarlarini, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Ma’lumki, axborot sohasini erkinlashtirish va…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Turkiya mudofaa idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Anqara shahriga 5-6-iyun kunlari amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni hisobga…