Seminarda Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi xodimlari va ekspertlar ishtirok etdi. Seminar davomida Yevropa Ittifoqi va Germaniyada elektron tijorat hamda onlayn savdo amaliyotlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.
Tadbirda elektron tijorat va onlayn bozorlarda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish uchun qabul qilingan qoidalar, xorij amaliyotlari va kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.