RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Jizzax viloyati Sh.RaShidov tumani Suv yetkazib berish xizmati DM (Buyurtmachi) tomonidan “Ekskavator ijara xizmati” bo‘yicha o‘tkazilgan boshlang‘ich narxi 165,0 mln. so‘mlik tanlov savdolari yuzasidan tanqidiy ma’lumotlar e’lon qilingan. Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi alomatlari yuzasidan Buyurtmachiga nisbatan belgilangan tartibda ish…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkiloti bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalari talablari uchun moliyaviy savodxonlikka qaratilgan tadbirlarni tashkil etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari uchun o‘tkazilgan mazkur mavzudagi o‘quv seminarida Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarma boshlig‘i E.Xaitmetov tomonidan moliyaviy xizmatlarda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bank omonatlari va bank kreditlari, shartnomalar va ularni tuzish tartib-qoidalari haqida Germaniya va O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilik, xorijiy tajribalar va shu kabi ko‘plab tegishli ma’lumotlar berildi. Tadbirda…

ONKOLOGIK KASALLIKLAR DAVOSI BO‘YICHA REKLAMA JOYLASHTIRGAN “MARVA HAYAT” MChJGA NISBATAN CHORA KO‘RILDI

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bugungi kunda turli xil biologik faol qo‘shimchalar, dori-darmonlar va mahsulotlarning reklamalari joylashtirilmoqda. Xususan, “Marva Hayat” MChJ tomonidan joylashtirilgan reklamalarida onkologik kasalliklarni davolashi va ularni to‘xtatishi hamda 5 mingdan ortiq davo topganlar va 15-yildan buyon iste’mol qilinayotganligi kabi ma’lumotlar ham qayd etilgan. (https://www.youtube.com/@halila_uz) Qo‘mita so‘rovi bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi yuridik bo‘lim boshlig‘i Sh.Shadmankulov ishtirokida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida “O‘zbekiston Respublikasining raqobat siyosati” nomli taqdimoti hamda talabalarning huquqiy bilimlarini yana-da boyitish maqsadida “Qomusimiz-baxtimiz” mavzusida ma’ruza qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini raqobat siyosatiga bog‘liq asoslari bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga doir savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

Raqobat qo‘mitasi savdo tarmoqlari vakillari bilan Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi

Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida ichki bozorda iste’mol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni ta’minlash yuzasidan respublikamizning 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarni narxlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari bo‘yicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi…