Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida ichki bozorda iste’mol tovarlarining narxlarini tahlil qilish hamda savdo faoliyatida raqobatni ta’minlash yuzasidan respublikamizning 8 ta yirik chakana savdo tarmoqlari vakillari bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarni narxlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni barqarorlashtirish choralari bo‘yicha masalalar, shuningdek, chakana savdo tarmoqlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan bog‘liq tizimli muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlariga (“Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”) yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.