O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida bo‘lgan raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti davomida, Davlatimiz Rahbari tomonidan Qo‘mita tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish masalasi bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Ushbu topshiriq ijrosidan kelib chiqib, Qo‘mita raisi Halilillo Turaxujayevning Buxoro viloyatiga amaliy tashrifi doirasida, Qo‘mitaning viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi” mavzusida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 694-son hamda 256-sonli qarorlari mazmun-mohiyati bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, sohaga oid turli savol va muammolar o‘rtaga tashlanib, ularning yechimi yuzasidan turli taklif va…