RAQOBAT QO‘MITASI AVIAKOMPANIYALAR FAOLIYATIDA ISTE’MOLCHILARNING BUZILGAN HUQUQLARINI TIKLAMOQDA
Raqobat qo‘mitasiga joriy yilning 9 oyida foydalanilmagan aviachipta pulini qaytarmaslik, yo‘lovchilarga parvozlar kechiktirilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazmayotganligi, shikastlangan bagaj uchun yuk qiymatini to‘liq qoplab berilmasligi va parvozlar vaqtida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarining talab darajasida emasligi yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatayotgan aviakompaniyalarga e’tirozlar bildirilgan jami 200 dan ortiq iste’molchilardan murojaatlar kelib tushgan. Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlar…