Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminar davom etmoqda

Tovar-xomashyo birjalarini tartibga solishda AQSh tajribasiga bagʻishlangan davra suhbatida: 🔘 litsenziyalovchi organ va regulyator sifatida tovar birjalari faoliyatini tartibga solish; 🔘 tovar-xomashyo birjalarida narxlarni manipulyatsiya qilish va boshqa raqobatga zid harakatlarning oldini olish chora-tadbirlari; 🔘 vakolatli organ tomonidan birjadagi kundalik operatsiyalarni nazorat qilish tartibi haqida AQSh ekspertlari tomonidan bafurja ma’lumotlar berilmoqda.

Shaffof tovar-xomashyo savdolari ta’minlanishi YIMni 5 foizga oshishiga olib kelishi mumkin

Ayni damda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, AQSh Tovar fyucherslari tartibga solish komissiyasi, AQSh Savdo Vazirligi ekspertlari hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan tashkil qilingan Tovar-xomashyo birjalari ishtirokchilari va tarmoqni nazorat qiluvchi regulyatorlar uchun amaliy xalqaro seminari bo’lib o’tmoqda. Tadbirda shuningdek Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Istiqbolli…

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari qardosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi. Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqamizda kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekani qayd etildi. Bu borada…

Namangan viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil 22-aprel kuni Namangan viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur ochiq davra suhbatida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma boshlig‘i F. Soloxitdinov  va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etdi. Tadbirda Mazkur ochiq muloqot davomida jismoniy…

DAVLAT XARIDLARI VAKOLAT DOIRASIDA NAZORAT QILIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz tuman hokimligi buyurtmachiligida o‘tkazilgan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarining O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Termiz tuman Hokimligi tomonidan 2023-yil hamda  2024-yil 1-fevralga…

SAVOL: Umumiy ovqatlanish korxonasi xizmatlaridan foydalanganda iste’molchilarning huquqlari nimalardan iborat?

FUQARODAN SAVOL: – Umumiy ovqatlanish korxonasi xizmatlaridan foydalanganda iste’molchilarning huquqlari nimalardan iborat? JAVOB Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, umumiy ovqatlanish korxonalari iste’molchiga unga sotilgan taomlar, kulinariya mahsulotlari, tovarlarning o‘lchami va og‘irligini, shuningdek sotilayotgan mahsulotning (xizmatning) normativ-hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini yaratishi kerak. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati tartibida umumiy ovqatlanish mahsulotini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar…

Korrupsiya atamasi lotincha corruptio – «parchalanish, buzilish» so‘zidan kelib chiqqan

Korrupsiya jinoyatlariga quyidagilar kiradi: 🔘mansab mavqeini suiiste’mol qilish; 🔘pora berish; 🔘pora olish; 🔘poraxo‘rlikda vositachilik; 🔘tijoriy poraxo‘rlik; 🔘boshqa harakatlar. Batafsil infografikada Korrupsiya – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladigan ijtimoiy xavfli jinoyatdir!

RASMIY MUNOSABAT

Qo‘mita tomonidan Kun.uz rasmiy axborot saytida 2024-yil 16-apreldagi e’lon qilingan maqolada keltirilgan bir guruh tadbirkorlarning murojaatiga asosan, import qilinayotgan lift va lift uskunalarining respublika bojxona postlaridan o‘tkazilishining to‘xtatilishi va bunda ushbu tovarlarga berilgan muvofiqlik sertifikatlarining bekor qilinganligi holati o‘rganilmoqda. Shu munosabat bilan, vakolatli organlar bilan birga quyidagilar amalga oshirilmoqda. Jumaldan: Bojxona qo‘mitasi tomonidan import qilingan…

SAVOL: Operator foydalanuvchilarga qanday ma’lumotlarni bepul taqdim etishi kerak?

FUQARODAN SAVOL: – Operator foydalanuvchilarga qanday ma’lumotlarni bepul taqdim etishi kerak? JAVOB: Operator, provayder, diler va eshittiruvchilari tomonidan ma’lumot xizmatlari tashkil qilinishi kerak, bunda foydalanuvchilarga quyidagilar to‘g‘risida bepul ma’lumot beriladi: a) telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalana olish tartibi; b) telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalana olishni taqdim etish narxi; v) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasini tuzish; g) operator (provayder) tomonidan ko‘rsatiladigan…

O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Kuni kecha O‘zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ikki mamlakat madaniyat va san’at…