Raqobat qo‘mitasiga 2023-yil kelib tushgan murojaatlar

3 429 ta yozma 21 273 ta elektron 16 234 ta og‘zaki (shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefoni) murojaatlarni tashkil etdi. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik (raqobatni cheklovchi xarakatlar), savdo, maishiy va qurilish xizmatlarini ko‘rsatish, kommunal soha va boshqa masalalarga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, o‘rganishlar…

O‘zbekiston Prezidenti Ipak yo‘li fondi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Fond 2014-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda…

O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi

Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifining ishbilarmonlik tadbirlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan birgalikda Shenchjen shahrida o‘tayotgan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yil may oyida Xitoyga davlat tashrifi doirasida ham ushbu mamlakat ishbilarmon, moliya va investitsiya doiralarining yetakchi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi. O‘shanda…

O‘zbekiston Prezidenti Guandun muzofoti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Shenchjen shahrida Guandun muzofoti partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Guandun – Xitoyning eng rivojlangan hududlaridan bo‘lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizini shakllantiradi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qiladi. Muzofot O‘zbekiston hududlarining eng yirik iqtisodiy sherigidir. Uchrashuvda muzofot bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo,…

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar qabul qilindi

Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda tomonlarning o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan. Yetakchilar huzurida quyidagilar…

TURKIY DAVLATLARNING RAQOBAT KENGASHI TUZILDI

Turkiy davlatlarning raqobat kengashi Turk davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar raqobat organlarini birlashtirish tashabbusi bilan tashkil etildi. Turkiyaning Istanbul shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asadulla Qayumov, TDT Bosh kotibi oʻrinbosari Merey Mukajan, Turkiya Raqobat organi rahbari Birol Kyule hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Vengriya raqobat organlari delegatsiyasi ishtirokida…

O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari ko‘p qirrali va har tomonlama strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdilar

24-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz Xitoy yetakchisiga tashrif bilan kelish taklifi va ko‘rsatilayotgan iliq mehmondo‘stlik hamda Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning yuksak e’tirofi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Davlat rahbarlari keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar rivojida kuchli…

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

24-yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi. Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston…

O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Eksport-import banki raisi bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi. XXR Eksimbankiga 1994-yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Xitoyning yetakchi moliyaviy institutidir. Uchrashuvda mamlakatimizdagi qo‘shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga yetgani mamnuniyat bilan qayd etildi.…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Mutasaddi  tashkilotlar bilan hamkorlikda  o‘tkazilayotgan  mazkur tadbirlarda Adliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari, Davlat xizmatlari markazlari, mahalliy hokimliklar, davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat muassasalari, tadbirkorlik…