Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ekologik sharoitni yaratish orqali aholining salomatlik darajasini yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlagan holda bu borada keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida har bir xodim 4 tupdan daraxtlarni ekib, mazkur xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Jumladan, Yozuvchilar uyushmasi bog‘i va Baynalminal ko‘chalarida hamda o‘z xonadonlarida 2400 tupdan ortiq mevali,100 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi hamda ularni sug‘orish tizimlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda Qo‘mita tomonidan “Yashil makon” davlat dasturi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha boshlangan ishlari yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.