O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarini yuksak faxriy unvonlar bilan taqdirladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mushtarak tarixiy meros, ma’naviy qadriyat va an’analarimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha samarali faoliyati, shuningdek, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblarining bir guruhiga faxriy unvonlar berdilar. Mamlakatimiz yetakchisining davlat tashrifi doirasida ushbu unvonlar bilan…

Ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tarixiy hujjatlar imzolandi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bundan tashqari, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Umuman, tashrif davomida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 28 ta hujjat, jumladan: – Sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida…

O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. – Keyingi yillarda oliy darajadagi o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash ruhidagi faol…

Shavkat Mirziyoyev: Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi birodar xalqlarimizning tub manfaatlariga to‘liq mos keladi

Dushanbedagi “Qasri Millat” davlat qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar. Siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Yetakchilar Markaziy Osiyoning manfaatlarini ilgari surish va uning barqaror taraqqiyotini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro tashkilotlar doirasida…

Oʼzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʼlib oʼtdi

Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida davlat tashrifi bilan Tojikistonga kelgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olishga bagʼishlangan tantanali marosim boʼldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon faxriy qorovul safi oldidan oʼtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi. Аyni paytda davlat…

Joriy yilning 18-aprel kuni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Samarqand viloyatida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazidi

Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Samarqand viloyatida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazidi. Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarda yuzaga kelayotgan elektr energiyasi, tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlar, reklama bozoridagi ayrim muommolar, birja savdolari, eksport sohasidagi tushunmovchiliklar, suv ta’minoti bo‘yicha va boshqa bir qator muammoli masalalari…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Dushanbega keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbe shahriga keldi. Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi va ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi. O‘zbekiston Prezidentini kutib olishda Tojikiston yoshlari va ijodiy jamoalari vakillari ham qatnashdi. So‘ng Prezidentimiz “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil…

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Avval xabar qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini…

Xususiylashtirish dasturi bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2024-yilgi xususiylashtirish dasturi va uning ijrosini samarali tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi. Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasiga yangi xususiylashtirish dasturini tayyorlash vazifasi qo‘yilgan edi. Shunga asosan, davlat ishtirokidagi korxonalarning ulushlari va ko‘chmas mulk obyektlari samaradorlik jihatidan tahlil qilinib, yangi dastur ishlab chiqildi.…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash…