37 MINGDAN ORTIQ ISTE’MOLCHILARGA KAFOLATLANMAGAN XIZMATLAR KO‘RSATILGANLIGI ANIQLANDI
Raqobat qo‘mitasi tomonidan respublikamiz miqyosida iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish maqsadida, Davlat tibbiyot muassasalari va xususiy klinikalarda tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinash vositalarining metrologik ko‘rikdan o‘tkazilganligi va ulardan bemorlar ko‘rigida foydalanilish holati o‘rganildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish o‘tkazilganda, tibbiyot birlashmasi tomonidan metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilmagan jihozlardan…