Ulug‘ ijodkorga munosib yodgorlik

Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, san’at muxlislarini qizg‘in tabrikladi. – Bugun o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman, – dedi Prezident. Botir…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Iqtisodiy konsentratsiya bitimlarini tuzishga quyidagi hollarda oldindan rozilik olish talab etiladi: Xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan respublikada ro‘yxatga olingan AJ ovoz beruvchi…

VI “MAKON MARKETING FORUM 2024”

Joriy yilning 18–19-may kunlari Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan VI “MAKON MARKETING FORUM 2024” biznes-forumi bo’lib o’tadi. Forum doirasida «Yil brendi 2023» ko‘rgazmasi, sotuvlar bo‘yicha xalqaro biznes-forum va «Yil brendi 2023» mukofoti bilan taqdirlash marosimlari bo’lib o’tadi. Tadbirga barcha OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni taklif…

O‘zbekiston Prezidenti BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari bilan zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan BMT Bosh kotibining o‘rinbosari – Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkovni qabul qildi. Uchrashuv avvalida Vladimir Voronkov davlatimiz rahbariga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning samimiy salomi va…

O‘zbekiston Prezidenti “Coca Cola” kompaniyasining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni “Coca Cola” kompaniyasi raisi va bosh direktori Jeyms Kuinsini qabul qildi. Uchrashuvda “Anadolu Group” kompaniyasi raisi Tunjay O‘zilxon ham ishtirok etdi. “Coca Cola” alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, faoliyati 200 dan ortiq mamlakat bozorini qamrab oladi, 200 dan ziyod brend va 950…

SIFATSIZ BENZIN SOTGAN AYOQSHLARGA CHORA KO‘RILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  qo‘mitasiga AYOQShlarida sotilayotgan yonilg‘ilarning ba’zilari standart talablarga mos  emasligi oqibatida avtomobil dvigatellarining nosoz holatga kelayotgani haqida minglab shikoyatlar kelib tushmoqda,  shuningdek, ushbu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda ham aholi o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Raqobat qo‘mitasi ichki iste’mol bozorida sifatsiz, iste’molga yaroqsiz benzin, dizel kabi mahsulotlar sotilishining oldini…

Chongbuk Milliy universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Chongbuk Milliy universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti (IDI) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosatini takomillashtirish va mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir. Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA)  moliyaviy ko‘magi doirasida “O‘zbekistonda…

RASMIY MUNOSABAT

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Bizga kadastr kerak” mazmunidagi “STORY LUX BUSSINES” MCHJ qurilish kompaniyasi tomonidan yolg‘on va’dalar berilib, Baku va O‘sh ko‘chalari kesishmasida qad ko‘targan “Baku residense” ko‘p qavatli uy o‘z vaqtida o‘z egalariga topshirilmayotganligi, tegishli tashkilotlarga murojaatlari o‘z samarasini bermayotganligi to‘g‘risida bayon qilingan murojaatlari o‘rganib chiqildi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

Mazkur nizomga ko‘ra quyidagi yangiliklar qayd etilgan: Tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish asosiy faoliyati hisoblangan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning bir qismida tarmoq infratuzilmasiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti sifatida e’tirof etiladi. Asosiy faoliyati tabiiy monopoliya sharoitida bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tabiiy monopoliyalar…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlarini yuqori baholadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, «BMT-ayollar» tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. BMT delegatsiyasi shu kunlarda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlar forumi dasturi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tenglik masalalari bo‘yicha yetakchi instituti rahbari Prezidentimizga Bosh kotib Antoniu Guterrishning…