Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari taqdimot qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining turmush sharoitlari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Samarqand darvoza mahallasida barpo etilgan kasbga yo‘naltirish markazida bo‘ldi. Bu yerda yoshlar va ayollarga savdo, marketing, moliya, axborot texnologiyalari sohalaridagi zamonaviy kasblar o‘rgatiladi. Keyinchalik ularning yuqori daromadli ish topishiga ham ko‘maklashiladi. Markaz atrofi obodonlashtirilgan, ishkomlar…











