O‘zbekiston va Fransiya delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, Fransiya Prezidentiga rasmiy shaxslar, yetakchi kompaniyalar rahbarlari, taniqli madaniyat va fan arboblaridan iborat nufuzli delegatsiya boshchiligida O‘zbekistonga kelgani uchun minnatdorlik bildirdi. – Bu sizning O‘zbekiston-Fransiya do‘stlik va ko‘p qirrali…

O‘zbekiston va Fransiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldilar

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mamlakatimiz yetakchisi Fransiya Prezidentining O‘zbekistonga oxirgi 30 yildagi ilk tashrifi tarixiy ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Emmanuel Makron davlatimiz rahbariga tashrif bilan kelish taklifi hamda Fransiya delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Fransiya…

Fransiya Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bugun, 2-noyabr kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Fransiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi. Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr…

Fransiya Prezidenti Samarqanddagi obidalarni tomosha qildi

Mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi. Davlat rahbarlari  YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq me’morchiligi durdonasining qurilish tarixi, noyob naqshlari, ushbu maskan bilan bog‘liq mashhur voqea va shaxslar xususida so‘zlab berildi. Fransiya…

Imom Buxoriy maqbarasi ziyorat qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-noyabr kuni Samarqand viloyatiga kelib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’oni karim oyatlari tilovat etildi. Allohdan yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz manfaati yo‘lidagi sa’y-harakatlarga xayru baraka tilab duo qilindi. Maqbara majmuasi hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bo‘lajak pardozlash namunalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Samarqandga keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron keladi. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Fransiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron 1-2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi.…

Gidroenergetika sohasidagi loyihalar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-oktabr kuni gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Gidro elektr stansiyalar kunlik energiyani barqaror ta’minlashda eng samarali vosita. Ulardan olinadigan elektr tannarxi ham boshqa manbalarga nisbatan ancha arzon. Shu bois bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, yurtimizdagi gidroenergetika…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi. O‘zbekistonning tashkilotga raisligi doirasida birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalari va uning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘tgan davrda turkiy davlatlarning ko‘p tomonlama sherikligi yangi sur’at bilan rivojlanganini ta’kidlash joiz. Yuzdan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, amaliy hamkorlik uchun…