O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan sammitda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining barcha ishtirokchilarini chin qalbimdan qutlayman. Avvalambor, an’anaviy iliq qabul va tadbirni yuksak darajada tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon nomiga bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Bugungi uchrashuvimizda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyevni ko‘rib turganimdan xursandman. Sizning ishtirokingiz mintaqa mamlakatlarining Ozarbayjon…

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi. Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok…

Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida bu boradagi istiqbollar belgilanib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat reytingida TOP-30 talikka kirish vazifasi qo‘yildi. Ma’lumki, bu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-15-sentabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida ishtirok etish uchun Dushanbe shahrida bo‘ladi. Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining beshinchi uchrashuvi kun tartibidan mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport, energetika, qishloq…

Yo‘l xo‘jaligi sohasi yangicha yondashuv asosida rivojlantiriladi

rezident Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni yo‘l xo‘jaligi tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda yo‘llar qurish va ta’mirlashga ajratilayotgan mablag‘lar 3 karra oshgan. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi korxonalarga 2 mingdan ziyod maxsus texnika xarid qilingan. Bular orqali 65 ming kilometr yo‘llar qurilgan va ta’mirlangan. O‘tgan yildan “Mening yo‘lim” loyihasi ham boshlanib,…

O‘zbekiston Prezidenti etnosportni ommalashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv avvalida Bilol Erdog‘an O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60…

Xalqaro etnosport festivali ishtirokchilariga

Hurmatli festival qatnashchilari! Qadrli do‘stlar! Xonimlar va janoblar! Barchangizni butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey sifatida shuhrat qozongan, ko‘hna va betakror Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Yurtimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu anjumanda YUNЕSKO, TURKSOY, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamda unga a’zo davlatlar vakillari, shuningdek, 63 ta mamlakatdan qariyb 930 nafar…