O‘zbekiston Prezidenti Ko‘rfaz arab davlatlari kengashi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi. O‘zbekiston bilan Kengash o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti bo‘yicha vazirlarning ikkinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi. Uchrashuv avvalida vazir davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p…

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” vazirlar muloqotining ikkinchi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Suhayl al-Mazruiy davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayh Muhammad…

O‘zbekiston Prezidenti Bahrayn bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etayotgan Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bahrayn tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga Podshoh Hamad bin Iso Al-Xalifaning salomi va eng…

O‘zbekiston Prezidenti Kuvayt bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etayotgan Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Kuvayt Amiri shayx Mish’al as-Sabohning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish,…

O‘zbekiston Prezidenti O‘mon bilan hamkorlik salohiyatini samarali ro‘yobga chiqarish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi vazirlar strategik muloqotida ishtirok etish uchun mamlamkatimizga kelgan O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tashqi ishlar vaziri davlatimiz rahbariga O‘mon Sulton Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi. Ikki…

O‘zbekiston Prezidenti Qatar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Qatar delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bosh vazir Muhammad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar…

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi. Suhbat avvalida Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati…

Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

Butun islom ummati uchun muqaddas Ramazon oyi va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan tabriknomalar kelmoqda. Mamlakatimiz yetakchisiga yo‘llangan qutlovlarda xorijiy hamkorlar O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, o‘zaro manfaatli…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari bir-birini Ramazon hayiti bilan samimiy qutladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 9-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladilar. Davlat rahbarlari qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb…