Davlat rahbarlari birgalikda daraxt ekdilar

“Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston-Belarus sammiti yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Faxriy mehmonlar xiyobonida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish ramzi sifatida daraxt ekdilar.

Prezidentlar muzokaralarning samarali natijalaridan mamnunligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar. Tashrif arafasida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Bungacha yetakchi oliygohlar rektorlari va tibbiyot muassasalari rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston Prezidenti jurnalistlar e’tiborini keyingi…

Muzokaralar natijasi bitimlarda mustahkamlandi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan: – 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; – Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim; –…

O‘zbekiston va Belarus yetakchilari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi kun tartibini belgilab oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar. Davlatimiz rahbari uchrashuvni ochar ekan, keyingi yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi. Belarus Prezidentining ushbu tashrifiga tayyorgarlik doirasida qator tadbirlar, shu jumladan Hukumatlararo…

Belarus Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib,…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi. Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch…

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey o‘yinini tomosha qildilar

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi. Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘z ham bir necha bor muz maydoniga…

Ijtimoiy sohalardagi vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurish strategik maqsad etib belgilangan. Aholi turmushi uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’limda qamrov 27 foizdan 74 foizga yetdi. Yangi maktablar qurilib,…

Qishloq xo‘jaligi eksportini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev meva-sabzavotchilik va oziq-ovqat tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 2023-yilda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi 4,1 foiz o‘sgan. Bu sohadagi eksport qariyb 2 milliard dollarni tashkil etgan. Lekin mavjud salohiyat bundan ancha yuqori. Shu bois davlatimiz rahbari 18 yanvar kuni eksport va sanoat masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavotchilikka doir vazifalarni ham ko‘rsatib o‘tgan edi.…

Metallurgiya sohasidagi rejalar haqida axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi.  So‘nggi yillarda bu to‘rtta korxonaga 7 milliard 400 million dollar investitsiya kiritildi. Buning natijasida oltin ishlab chiqarish hajmi 23 foiz, mis 41 foiz, kumush…