Yangi kun, yangi mavsum, yangi hayot nafasi
Shu kunlarda mamlakatimiz go‘yoki ulkan sayilgohga aylangan. Shaharu qishloqlarda odamlar Navro‘zni shodu xurramlik bilan kutib olmoqda. Bu yil bahor seryog‘in keldi. Bugun ham yurtimizda obi rahmat yomg‘irlari yog‘moqda. Bunday chog‘larda ota-bobolarimiz yil yaxshi kelishini aytib, dehqonchilikka qut-baraka, elga mo‘l rizq tilashgan. Shu bois asosiy bayram tantanasi “Humo Arena” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti…