O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi — SPЕKA sammitidagi nutqi

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi – SPЕKAning ilk sammitini tashkil etish tashabbusi va ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyev nomiga bildirilayotgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman. Shuni alohida aytib o‘tmoqchimanki, Ozarbayjonning samarali raisligida Dasturimiz doirasidagi mintaqaviy hamkorligimiz mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. Ozarbayjon yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari, o‘z navbatida, Ozarbayjon Prezidentini SPЕKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan…

O‘zbekiston Prezidenti Bokuga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi. Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga, 24-noyabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammiti tadbirlarida…

Energetika tizimining qishga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi. Yil boshida kelgan anomal sovuqdan xulosa qilib, tizim salohiyati oshirildi. Avvalo, ichki imkoniyatlar to‘la ishga solinib, tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Qolaversa, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda ish olib borildi. Muassasa, korxona va turar joylardagi dolzarb masalalar o‘rganilib, bartaraf etildi. Bu…

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Davlatimiz rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPЕKA) birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport…

O‘zbekiston Prezidenti BAA bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Vazir al-Gargaviy davlatimiz rahbariga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va mamlakat vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum hamda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.…

Metropolitenda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. So‘nggi yillarda metropoliten qamrovini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha 32 kilometr yo‘l qurildi, 21 ta yangi stansiya ishga tushirildi. 15 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Yangi yo‘nalishlar poytaxtimizning Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusobod tumanlaridan o‘tib, aholining kundalik qatnoviga qulaylik yaratdi.…

Yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 21-noyabr kuni yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Hududlardagi iqtisodiy o‘sish, oziq-ovqat xavfsizligi, ish o‘rinlari va investitsiya oqimi, avvalo, yerga bog‘liq. Oxirgi uch yilda raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shu bilan…

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildilar

21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishi doirasida…