O‘zbekiston Prezidenti Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi yetakchilarining birinchi sammitida ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Shayx Muhammad bin Salmon Ol Saud raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,…