O‘zbekiston va Koreya Prezidentlari samarali muzokaralar yakunlarini yuqori baholadilar

Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdilar. Yetakchilar ochiq va do‘stona muhitda, konstruktiv va ishonchli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvlar natijalarini yuqori baholadilar. Davlatimiz rahbari Koreyani jahonda jadal taraqqiy etib borayotgan mamlakatlardan biri, O‘zbekistonning vaqt sinovlaridan…

Muzokaralar natijalari muhim kelishuvlar bilan mustahkamlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Davlat rahbarlari Alohida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat, shu jumladan: – Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik…

Prezidentlar kelgusi uch yilga O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning barcha sohalari va yo‘nalishlarini qamrab olgan alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. — Keng delegatsiyangiz bilan O‘zbekistonga amalga oshirayotgan davlat tashrifingizni yurtimiz va mintaqamiz bilan ko‘p…

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qat’iy intilishni tasdiqladilar

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 32 yilligi va O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarining besh yilligi bilan chin dildan tabrikladi. Uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, texnologik va boshqa ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada…

Koreya Respublikasi Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

14-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi oldi va shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida…

Inson huquqlari boʼyicha toʼrtinchi anʼanaviy Samarqand forumi ishtirokchilariga

Hurmatli Forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Аvvalambor, “Ekologik tahdidlar: oʼzgarayotgan dunyoda inson huquqlarining istiqboli va barqaror yechimlarni izlash” mavzusidagi inson huquqlari boʼyicha toʼrtinchi anʼanaviy Samarqand forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutlayman. Yurtimizda ilk bor 2018-yilda oʼtkazilgan Inson huquqlari boʼyicha Osiyo forumi jahon amaliyotiga oʼziga xos “Samarqand ruhi”ni olib kirdi desak, hech mubolagʼa boʼlmaydi. Shu…

O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ishtirokchilariga

Qadrli mehmonlar! Aziz vatandoshlar! Xonimlar va janoblar! Avvalo, bugungi ulkan voqea – O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining tantanali ochilishi bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Buni barcha sohalar qatori madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi aloqalarimiz ham izchil rivojlanib…

Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSH delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi. Amerika idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga AQSH Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va…

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan madaniy almashinuv yanada kengayishini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-iyun kuni Ozarbayjon madaniyati kunlarini o‘tkazish doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi. Uchrashuv avvalida Adil Karimli davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan ustuvor hisoblangan gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish…