Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimiz prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun…

Bandlik va tadbirkorlik sohalaridagi takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-yanvar kuni aholi bandligini oshirish hamda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, yurtimizda ishsizlar soni 1 million 300 ming nafarni tashkil qiladi. Bu yil yana 2 million 400 ming aholi mehnat bozoriga kirib keladi. Shularni inobatga olib, sifatli va yuqori daromadli ish o‘rinlari hisobiga joriy…

Prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga

Hurmatli prokuratura xodimlari! Muhtaram faxriylar! Avvalo, siz, aziz qonun posbonlarini 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirayotgan barcha islohotlarimizda qonun ustuvorligini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Qonun hukmron bo‘lgan jamiyatda albatta adolat, siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va…

Suvdan foydalanish samaradorligini oshirish choralari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-yanvar kuni qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Suv tanqisligi tobora kuchayayotgan bugungi zamonda mamlakatimizda uni qadrlash, tejab foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda 472 ming gektar yer tomchilatib va 48 ming gektari yomg‘irlatib sug‘orishga o‘tkazildi, 97 ming gektarda boshqa suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. 649…

Yangi yilda investitsiya siyosatini amalga oshirish va “yashil” energetikani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-yanvar kuni investitsiya siyosatini amalga oshirish hamda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ulushini ko‘paytirish bo‘yicha 2023-yilda qilingan ishlar va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar taqdimoti bilan tanishdi. O‘tgan yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko‘pligi ta’kidlandi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinar ekan,…

Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-yanvar kuni mudofaa qurilishi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qo‘shinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjud qurol-yarog‘ namunalarini modernizatsiya qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy…

O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz vatandoshlar! Jonajon diyorimizga yangi – 2024-yil kirib kelmoqda. Mana shu shukuhli damlarda duogo‘y otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barcha soha va tarmoqlar vakillarini, azmu shijoatli yoshlarimizni, chet ellardagi qadrli vatandoshlarimizni – ko‘pmillatli butun xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Muhtaram do‘stlar! Albatta, hayot bor ekan, uning yutuq va quvonchlari, tashvish va…

O‘zbekiston xalqi va Prezidentiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar

Xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga kirib kelayotgan 2024-yil munosabati bilan samimiy tabriklar yo‘llamoqda. Qutlovlarda mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Mamlakatimizning pragmatik tashqi siyosati yuqori samara berayotgani,…

O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdilar

28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bir-birini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan dildan qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini bildirdilar. Davlatimiz rahbari…

O‘zbekiston Prezidenti umumiy quvvati 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni mamlakatimizning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Tadbirda ushbu muhim investitsiya loyihalarning hamkorlari bo‘lgan “Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Jamol Al-Ramahiy, “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Yun, “China Energy International…