Oksana Chusovitina izdoshlari uchun zamonaviy maktab

Sport gimnastikasi bo‘yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana Chusovitina – mamlakatimiz faxri. U sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Yurtimizda shunday sportchining bo‘lishi bolalar uchun namuna, dalda. Prezidentimizning 2022-yil 14-martdagi Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina ixtisoslashtirilgan gimnastika sport maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori sportsevar yoshlarga katta sharoit yaratdi. Davlatimiz rahbari 5…

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov maktabi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini borib ko‘rdi. Olimpiada va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon va uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov O‘zbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Yurtimizda bunday chempionlar faoliyatini targ‘ib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga…

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida: Oila va…

Jaloliddin Manguberdi izdoshlarining kamolot maskani

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi. Ta’lim muassasasi 2023-2024-o‘quv yilidan faoliyat boshlagan. 300 o‘rinli zamonaviy binoda yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular bu yerda aniq fanlar yo‘nalishida ikki yil ta’lim oladi. O‘quv xonalari eng so‘nggi rusumdagi multimedia va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. Litsey axborot-resurs markazida…

Xorazmdagi imkoniyatlar va ularni ishga solish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi

1-mart kuni Urganch shahrida Xorazm viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining avvalida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholiga munosib sharoitlar yaratish, bandlikni ta’minlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilayotganini ta’kidladi. Xususan, oxirgi 7 yilda Xorazmda 600 mingta ish o‘rni yaratilgan. Bugun viloyat yalpi mahsuloti hajmi 37…

Xorazm viloyatida yirik gaz-kimyo loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Xorazm viloyatiga tashrifning birinchi kuni yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Energetika vazirligi, «O‘zkimyosanoat» AJ va yirik xorijiy investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Xorazm viloyatida umumiy investitsiya hajmi 10 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik gaz-kimyo loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bo‘lajak quvvatlar yiliga 2,5 million tonna mahsulot ishlab chiqarishi va 3 ming ish…

Xorazmda bazalt korxonasi ishga tushmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi “Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi. Mamlakatimizda bunyodkorlik ko‘lami keng. So‘nggi yillarda barcha loyihalarda energiya tejamkorlik vazifasi qo‘yilmoqda. Shu bois bazalt xomashyosiga talab oshib borayotir. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda bunday mahsulotdan tayyorlangan plitalarga yillik talab 80 ming tonna. Shu jihatdan “Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasi bozor kon’yunkturasi asosida tashkil topdi,…

Tuproqqal’a tumanida quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida 29-fevral kuni “Voltalia” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 megavattlik quyosh elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimi bo‘ldi. Ma’lumki, davlatimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, katta dasturlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi uch yilda hududlarda birgina quyosh va shamol generatsiya quvvatlarini ishga tushirish uchun 2 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar…

O‘zbekiston Prezidenti «Voltalia» kompaniyasi bilan sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-fevral kuni Xorazm viloyatiga tashrif doirasida «Voltalia» kompaniyasi bosh direktori Sebasten Kler bilan uchrashuv o‘tkazdi. Fransiyaning ushbu kompaniyasi qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi inshootlarni qurishda boy tajribaga ega. Hozirda dunyoning 20 mamlakatida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Oliy…

Davlatimiz rahbari Xivadagi mahallada bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Xiva tumanidagi  Istiqlol mahallasida bo‘lib, aholining yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Mahallada 3 ming 200 nafarga yaqin aholi yashaydi. Bu yerda 10 ta ishlab chiqarish korxonasi, 30 ga yaqin xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yondosh hududda fermer xo‘jaliklari mavjud. Odamlar asosan tadbirkorlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Yaqinda mahalla idorasi binosi ta’mirlanib, to‘liq…