Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 12-dekabr kuni paxta xomashyosini yetishtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 9-noyabr kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida paxtachilik tarmog‘ida mavjud muammolar tahlil qilinib, klasterlar va fermerlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangicha tashkil etish, paxta urug‘chiligiga ilg‘or yondashuvlarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Ushbu topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilgan takliflar…

“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar! Xonimlar va janoblar! Siz, azizlarni o‘tgan asr boshlarida shakllanib, nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan jadidchilik harakatini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro anjumanning ochilishi bilan chin qalbdan tabriklayman. Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati…

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga

Qadrli vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar, qishloq xo‘jaligi xodimlari! Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali o‘z hayotini qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlagan barcha zahmatkash insonlarni, butun xalqimizni qutlug‘ bayram – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu…

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz. Albatta, bu yilgi bayram ijtimoiy-siyosiy hayotimizda, mamlakatimiz…

“Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qirg‘iziston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, qardosh qirg‘iz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib…

O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga tashrifi davomida 2-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Amirliklar tomonidan Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon, Bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf Ol Nahayon, energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri, COP28 sammiti…

O‘zbekiston Prezidenti “Tadweer” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dubay shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida 2-dekabr kuni “Tadweer” kompaniyasi bosh ijrochi va boshqaruvchi direktori Ali al-Daheriyni qabul qildi. Amirliklar kompaniyasining O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, bunda ilg‘or texnologik yechimlarni joriy qilish rejalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Prezidenti “Air Rrodusts” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi joriy va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni Dubay shahrida “Air Rrodusts” kompaniyasi boshqaruvi raisi Seyfi Gasemini qabul qildi. Kompaniya bilan hamkorlikni, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbariga joriy loyihalarning borishi va yangilariga tayyorgarlik holati taqdimot qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti “SWS” kompaniyasi bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni BAAning “SWS” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ahmad Al-Shamsiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kompaniyaning O‘zbekiston hududlarida suv ta’minoti va suvni tozalash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirish, bunda xalqaro sheriklarni, shu jumladan Fransiyaning “SUEZ” va Yaponiyaning “Marubeni” kompaniyalarini jalb qilish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.