Akril tola – Yangi O‘zbekistonda yangi yo‘nalish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu joy ilgari unumsiz, bo‘sh turgan maydon edi. Tadbirkorlarga sharoit yaratish maqsadida hudud “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga kiritilib, zarur infratuzilma tortilgach, bu yerda sanoat vujudga keldi. Xususan, “Siyovush tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 36 million dollarlik loyihasi o‘tgan oyda ishga tushdi. Unda yiliga…

Bahouddin Naqshband majmuasida ziyorat sharoitlari kengaytiriladi

Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifini, an’anadagidek, Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi. Diniy ulamo bilan suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, islom ma’rifati haqida so‘z bordi. Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligiga ko‘maklashish, muhtoj oilalarni alohida mehr-e’tiborga olish muhimligi ta’kidlandi. Shu yerda majmua atrofida rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Bahouddin Naqshband maqbarasiga Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lakni…

Prezident Buxoroda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Safar davomida iqtisodiyot rivoji va mahallalar hayoti bilan tanishish, sanoat korxonalarini ko‘rish va yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Tashrifning ikkinchi kuni mamlakatimizda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Sport sohasidagi vazifalar bo‘yicha axborot berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga sport sohasidagi yirik tadbirlar va rejalar haqida axborot berildi. Yurtimizda sport ancha rivojlanib bormoqda. Futbol, voleybol, boks, kurash, shaxmat, tennis, og‘ir va yengil atletikalarning ko‘plab turlari ommalashgan. Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yosh avlod orasida jismoniy madaniyatni yanada keng yoyishga xizmat qilmoqda. Taqdimotda ommaviy sport, etnosport va gimnastikani…

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda…

«Cengiz Holding» kompaniyasi O‘zbekistondagi biznesini kengaytirish bo‘yicha yangi rejalarini taqdimot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlash joizki, Turkiyaning yetakchi ko‘p tarmoqli xoldingi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi…

Bunyodkorlik loyihalari haqida axborot berildi

Davlat rahbariga Toshkent shahridagi bunyodkorlik loyihalarining borishi haqida axborot berildi. So‘nggi yillarda poytaxtimiz ulkan bunyodkorlik maydoniga aylandi. Ko‘plab turar joylar, ishbilarmonlik markazlari, korxonalar, xiyobonlar barpo etildi. Endi urbanizatsiya jarayonlarida uzoqni o‘ylab, qurilishlar shahar tashqarisida amalga oshirilmoqda. Ulardan eng muhimlari – Olimpiya shaharchasi va Yangi Toshkent loyihalaridir. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili 9-noyabr kuni Olimpiya shaharchasi…

Temir yo‘l transporti sohasi xodimlariga

Hurmatli do‘stlar! Avvalo, sizlarni – zahmatkash ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislarni, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini Temir yo‘l transporti xodimlari kuni bilan chin dildan samimiy tabriklayman. Yangi O‘zbekistonni – jadal rivojlanib, dunyoga yuz tutayotgan davlat va jamiyatni barpo etishda siz, azizlarning o‘rningiz va hissangiz beqiyos ekanini barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz. Jonajon Vatanimiz…

Ashxobodga amaliy tashrif yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etdi. Unda mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidenti Ashxobod sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda ishtirok etdi. Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetika sohasini rivojlantirish, transport-logistika salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Turkmaniston Prezidentiga sammitni tashkil…