Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26–27-may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bo‘lajak uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, o‘zaro…

Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan adabiy festival qatnashchilariga

Aziz yurtdoshlar! Muhtaram adiblar, qadrli yoshlarimiz! Avvalo, barchangizni elimizning suyukli farzandi, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodiga bag‘ishlangan bugungi festival – o‘ziga xos adabiyot va san’at bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ma’lumki, xalqimizning aql-zakovati va azmu shijoati bilan barpo etilayotgan Yangi O‘zbekistonda milliy adabiyot, madaniyat va san’atni rivojlantirish mamlakatimizda olib borilayotgan davlat…

Farmatsevtika tarmog‘idagi natijalar va loyihalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-may kuni farmatsevtika tarmog‘ida erishilayotgan natijalar va istiqbolli rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Iqtisodiyot va aholi salomatligida muhim o‘rin tutadigan bu sohaga alohida e’tibor qaratilib, zarur huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratib berilmoqda. Birgina joriy yil boshida shu borada ikkita hujjat qabul qilindi. Xususan, 10-yanvardagi Prezident qaroriga muvofiq, 2024-2025-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va…

Sport sohasidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport ta’limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalari bo‘yicha axborot berildi. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi rivojlantirilib, xalqaro talablar darajasidagi shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shunga asoslanib, FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha bu yilgi jahon chempionati yurtimizda o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqa 14-sentabr – 6-oktabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Unda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya bilan parlamentlararo aloqalar jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Numan Kurtulmush boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Turkiya parlamenti raisi davlatimiz rahbariga Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama…

Sog‘liqni saqlash sohasidagi takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yangi takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Ta’lim va tibbiyot eng muhim va keng qamrovli ijtimoiy sohalardir. Shu bois islohotlarni jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida bu sohalarda Loyiha ofislari tashkil etildi. Xususan, davlatimiz rahbarining shu yil 22-yanvardagi qaroriga muvofiq tuzilgan Sog‘liqni saqlash loyihalari…

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi hamda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida Prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Davlatimiz rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi. O‘zbekiston yetakchisi elchi Muhammadali Iskandariy bilan qisqa…

Banklarning investitsiyaviy faoliyati va aholi bandligidagi ishtiroki ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda banklarning ishtirokiga oid taqdimot bilan tanishdi. Mamlakatimizdagi qulay investitsiya muhiti natijasida banklarning moliyaviy barqarorligi va faolligi oshib bormoqda. Xususan, sohadagi islohotlar tufayli so‘nggi 5 yilda banklarning kapitali 2 barobarga, kredit portfeli 2,3 barobarga hamda yillik kredit ajratish hajmi 1,8 barobarga ko‘paydi. To‘rtta bank ilk bor yevrobond…

Malayziya Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

O‘zbekiston-Malayziya sammiti yakunida Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Anvar Ibrohim Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdilar. Bu xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat yetakchilarining O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qat’iy intilishining ramzi bo‘ldi.