O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani…