O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishidan mamnunligini bildirdilar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik…