O‘zbekiston Prezidenti “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida shu kunlarda Milan shahrida o‘tayotgan “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi xalqaro ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va ko‘rgazma tashkilotchisi – “Sematex” agentligi rahbari Ernesto Maurer hamrohlik qildi. “ITMA 2023” – har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan to‘qimachilik va tikuvchilik texnologiyalariga…

Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Milan shahrida ushbu mamlakatning investorlari va yirik biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Italiya tomonidan Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana, “Italiya – O‘zbekiston” savdo palatasi prezidenti Jorjo Veronezi, shuningdek, Eni, Enel, Pietro Fiorentini, Saipem, Energy System, Imagro Group, HT Holding, Danieli, SACE, Ferroli…

O‘zbekiston Prezidenti Lombardiya viloyati bilan hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Milan shahrida Lombardiya gubernatori Attilio Fontana bilan uchrashuv o‘tkazdi. Italiya shimolida joylashgan Lombardiya mamlakatning aholi soni va maydoni bo‘yicha eng yirik hamda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hududlaridan biri hisoblanadi. Viloyat respublika YAIMining 22 foizini ta’minlaydi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa Ittifoqida beshinchi o‘rinni egallaydi. Uchrashuv…

O‘zbekiston Prezidenti Milanga keldi

Rasmiy tashrif bilan Italiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rimdan Milan shahriga keldi. “Malpense” aeroportida oliy martabali mehmonni Lombardiya viloyati rahbariyati kutib oldi. Ertaga davlatimiz rahbari ushbu hudud gubernatori bilan uchrashadi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazadi. “ITMA 2023” to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmaga tashrif buyurilishi…

O‘zbekiston Prezidenti FAO bilan amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifning birinchi kunida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ofisiga tashrif buyurdi va uning bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan ushbu muhim ixtisoslashtirilgan xalqaro institut o‘rtasidagi hamkorlikni, eng avvalo, agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib…

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga chiqdi

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar. Yetakchilar huzurida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 11 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘ldi. Huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar…

O‘zbekiston Prezidenti va Italiya Bosh vaziri ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

Rim shahridagi rasmiy tadbirlar dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kiji saroyida Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi Raisi Jorja Meloni bilan muzokara o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari Italiya zaminida ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik uchun dildan minnatdorlik bildirdi. Italiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim va ishonchli sherigi ekani, keyingi yillarda siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik faollashgani qayd etildi. Bugun…

O‘zbekiston va Italiya Prezidentlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik rivojlanayotganini olqishladilar

Rim shahridagi Kvirinal saroyida 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari tashrif bilan kelish taklifi va samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Serjo Mattarella va Italiya xalqini kuni kecha o‘tgan milliy bayram – Respublika e’lon qilingan kun bilan qutladi. Italiya Prezidenti Yangi O‘zbekistonda amalga…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Bugun, 8-iyun kuni Italiya Respublikasi Prezidentining qarorgohi – Rim shahridagi Kvirinal saroyida rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul hamda otliq gvardiya askarlari saf tortdi. Kvirinal saroyining minorasida Italiya, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi bayroqlari ko‘tarildi.…

O‘zbekiston Prezidenti Italiyaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-iyun kuni rasmiy tashrif bilan Rim shahriga keldi. Italiya poytaxtining “Fyumichino” aeroportida O‘zbekiston yetakchisining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Oliy martabali mehmonni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrifning asosiy voqealari…