Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bu agentlik o‘simliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Shunga muvofiq, tuproq, o‘g‘itlar va  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibini tahlil qiladi, zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishiga qarshi kurashib, fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirilishini ta’minlaydi.…

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni ushbu mamlakat prezidentligiga saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Davlatimiz rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari rossiyaliklar amaldagi Prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini yana…

Sport turlarini ommalashtirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda og‘ir atletikani hamda mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazishda sport katta o‘rin egallaydi. “Besh tashabbus” olimpiadasi, respublika chempionatlari doirasida u keng ko‘lam kasb etmoqda. Shu bilan birga, olimpiya sport turlarini rivojlantirib, mahoratli sportchilarni tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan,…

O‘zbekiston Prezidenti ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini tubdan kengaytirish zarurligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi. Davlatimiz rahbari Bosh vazir Oljas Bektanovni yaqinda ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy qutladi va mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi. O‘z navbatida, Qozog‘iston Hukumati rahbari O‘zbekiston Prezidentiga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.…

Tomorqa va uy xo‘jaligi – aholi daromadini oshirishda katta manba

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi omilkorlik bilan tanishdi. Mamlakatimizda dolzarb masalalardan biri – bandlik. Iqtisodiy islohotlar yoki hududiy dasturlar bo‘lsin, barchasining zamirida ish o‘rinlari ochish, aholi hayotini yaxshilash maqsadi mujassam. Bularning natijasida so‘nggi yillarda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qildi. Qariyb 2 million odam kambag‘allikdan…

Prezident: Bu yil iqtisodiyotimizda hayotiy uyg‘onish va yuksalish yili bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi. Bu yerda tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar rahbarlari, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, banklar va mahallalar vakillari qatnashdi. Davlatimiz rahbari odamlar yaxshi yashashga intilayotgani,…

Ramazon fazilati va tinchlik qadri haqida samimiy muloqot bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga yo‘l oldi. Safar asnosida davlatimiz rahbari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z bordi. Ma’lumki, 11-mart kuni butun islom ummati qatori  yurtimiz musulmonlari ham bu qutlug‘ oyni xursandchilik bilan kutib…

Uy-joylar qurilishi sohasidagi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida barcha hududlarda yangi uy-joylar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, odamlarning xarid imkoniyatini kengaytirish uchun to‘rt yil oldin ipoteka tizimining bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi joriy qilindi. Unga muvofiq, o‘tgan davrda barcha manbalardan 100…

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va eksportga jalb etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlatimiz rahbari 2023-yil 18-dekabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytgan edi. Shundan so‘ng, ekspertlar ishtirokida tadbirkorlarning takliflari asosida yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yili eksportchi korxonalarga 665 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilib, 3 milliard 200 million…

O‘zbekiston xalqiga tabrik

Qadrli vatandoshlar! Butun Yer yuzidagi islom ummati bilan birga jonajon O‘zbekistonimizning barcha mo‘min-musulmonlari ham qutlug‘ va muborak Ramazon oyini xursandchilik bilan kutib oldilar. Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy…