Xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

Ruhiy poklanish, yaxshi amallarni ado etish, jamiyatda muruvvat, mehr-shafqat va ezgulik kabi qadriyatlarni qaror toptirishga intilishni o‘zida mujassam etgan, barcha musulmonlar uchun muborak Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar yetakchilari, hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar mamlakatimizning…

O‘zbekiston va BAA yetakchilari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Prezident Shayx Muhammad Ol Nahayonni tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Ikki mamlakat yetakchilari butun musulmon olami…

Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori So‘nggi yillarda mamlakatimizda milliy o‘zligimizni tiklash, inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida g‘oyat muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, muqaddas dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan ezgu an’analarini munosib davom ettirishga ulkan e’tibor qaratilmoqda. Vatanimizning qadimiy tarixini chuqur o‘rganish, buyuk alloma va aziz avliyolarimizning ibratli hayot yo‘li, noyob ilmiy merosini…

Shavkat Mirziyoyev: Inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarni ulug‘lashdan boshlanadi

Toshkent shahrida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ayollarga samimiy mehri va hurmatini izhor etdi. – Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz. Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona…

Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi   Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim! Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir. Barcha-barchangizga…

“O‘zbekiston 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasidagi ishlarning borishi ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi. «O‘zbekiston 2030» strategiyasining borishi va uni joriy yilda amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturining ijrosi ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish masalalari…

Toshkent viloyati tuman va shaharlaridagi “o‘sish nuqtalari” tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-mart kuni Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar bor. Hudud qulay geografik makonda, voha va vodiy viloyatlarini poytaxtimiz bilan bog‘laydigan muhim transport yo‘lagida joylashgan. Lekin viloyatning iqtisodiy rivoji mavjud salohiyatga umuman mos emas. Na savdo, na…

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona…

Prezident yirik savdo markazini borib ko‘rdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazini ko‘zdan kechirdi. Majmua ko‘p funksiyali bo‘lib, zamonaviy tijorat va xizmat turlarini qamrab olgan. 5 qavatda savdo do‘konlari, restoran va kafelar, ko‘ngilochar o‘yinlar va sport maydonlari joylashgan. Yer ostida 2 qavatli avtoturargoh bor. Markazda dunyoning eng oldi brendlari shoxobchalarini ochgan. Ular orasida birinchi marta O‘zbekiston bozoriga kirib…

Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish rejalari ko‘rib chiqildi

Avtotransport vositlarini ro‘yxatga olish va diagnostika markaziga tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahridagi gavjum chorrahalar va ko‘chalarni tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimot qilindi. Loyiha o‘z oldiga uchta asosiy vazifa qo‘ygan – piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, o‘tkazish qobiliyatini oshirish va yo‘l transport hodisalari sonini kamaytirish. Mazkur loyiha…